Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lorenzo Pellegrini (1996-yil 19-iyunda tugʻilgan) – italiyalik professional futbolchi, yarim himoyachi va Serie A Roma klubi sardori. U Italiya terma jamoasi sh

Lorenzo Pellegrini

Lorenzo Pellegrini (1996-yil 19-iyunda tugʻilgan) – italiyalik professional futbolchi, yarim himoyachi va Serie A Roma klubi sardori. U Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Pellegrini „Roma“ akademiyasining tarbiyalanuvchisi, 2007-yilda klubga kelib qoʻshilgan va 2015-yilda oʻzining debyutini oʻtkazgan. U oʻsha yilning oxirida „Sassuolo“ga transfer qilindi va barcha musobaqalarda 50 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.

Lorenzo Pellegrini
Pellegrini 2023-yilda Roma tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-iyun 1996-yil (1996-06-19) (29 yosh)
Tavallud joyi Rim, Italiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Roma
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2015 Roma
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Roma 1 (0)
2015—2017 Sassuolo 47 (9)
2017— Roma 142 (22)
Milliy terma jamoa
2014-2015 Italiya U19 15 (1)
2015 Italiya U20 2 (0)
2016—2019 Italiya U21 14 (5)
2017— Italiya 24 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-may uchun)

Klublardagi tarjimasi

Roma

Lorenzo Pellegrini Rimda tugʻilgan va „Roma“ jamoasi yoshlar akademiyasiga oʻynagan. U 18 yoshida 2015-yil 22-mart kuni murabbiy Rudi Garsiya qoʻl ostida oʻzining debyutini oʻtkazadi.

Sassuolo

2015-yilning 30-iyunida Pellegrini A Seriya vakili Sassuolo safiga 1,25 million yevro evaziga qoʻshiladi. Transfer kelishuviga koʻra, „Roma“ qaytarib sotib olish bandi bilan Pellegrinini Sassuolo ga qoʻyib yuborgan.

Romaga qaytishi

2017-yilning 30-iyunida „Roma“ Pellegrinining 'Sassuolo' bilan transfer shartnomasiga kiritilgan 10 million yevrolik qaytarib sotib olish toʻlovini amalga oshirib, uni 5 yillik shartnoma asosida Rimga qaytardi. Pellegrini 2017-yilning 1-dekabrida klub uchun oʻzining ilk golini urdi.

Terma jamoadagi faoliyat

Pellegrini Italiya turli yoshlar jamoalarida oʻynagan. U 2014- yilning mart oyida Germaniyaga qarshi U19 terma jamoasida debyut qilgan U 2015-yilda U20 bilan qisqa vaqt oʻynadi va keyingi yilning 2 iyunida Fransiyaga qarshi U21 tarkibida debyut qildi.

U 2017-yil 31-may kuni norasmiy oʻrtoqlik oʻyinida San-Marino ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda maydonga tushgan. Uning rasmiy debyuti 11-iyun kuni JCh-2018 saralashida Italiyaning Lixtenshteyn ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinida edi.

2021-yilning iyun oyida u bosh murabbiy Roberto Manchini tomonidan Italiya terma jamoasining UEFA Evro-2020 uchun terma jamoasiga jalb etildi. Biroq jarohati uni final turnirida ishtirok eta olmasligiga sabab boʻldi va uning oʻrniga Gaetano Kastrovilli chaqirildi.

Shaxsiy hayoti

Pellegrini Veronika Martinelli bilan turmush qurgan. Ularning ikkita farzandi bor.

Yutuqlari

Roma

  • UEFA Yevropa konferentsiya ligasi: 2021-22

Italiya

  • UEFA Millatlar ligasi uchinchi oʻrin: 2020-21

Shaxsiy sovrinlari

  • „Roma“da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2020-21
  • UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi tarkibi: 2020-21
  • A Seriyada oyning eng yaxshi goli: 2021 yil sentyabr, 2022 yil yanvar, 2022 yil mart
  • UEFA Yevropa konferentsiya ligasi mavsumdagi jamoasi: 2021-22
  • UEFA Yevropa konferensiya ligasi mavsumining eng yaxshi futbolchisi: 2021-22

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, lorenzo pellegrini haqida ma’lumot. lorenzo pellegrini nima? lorenzo pellegrini nimani anglatadi?

Yuqori