Air Canada (TSX: AC.A , TSX: AC.B) Kanadaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlib, Star Alliance asoschilaridan biri hisoblanadi. Aviakompaniyaning bosh aeroporti Monreal shahrida joylashgan boʻlib. Air Canada yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha dunyoning 207 ta yoʻnalishida rejali va charter reyslarini amalga oshiradi. Asosiy markazlar — Torontodagi Pearson aeroporti, Monrealdagi Per Eliot Trudeau aeroporti va Vankuver aeroporti. Qoʻshimcha markazlar esa Kalgari aeroportida joylashgan.
| | |||||||
| |||||||
| Tashkil topgan | 1937-yil 10-aprel | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Havo tuguni | Pirson (Toronto), Pyer Eliot Tryudo (Monreal), Vankuver | ||||||
| Qoʻshimcha havo tuguni | Kalgari | ||||||
| Alyansi | Star Alliance | ||||||
| Park hududi | 159 (2021-yil iyul oyiga kora) [1] | ||||||
| Bosh qarorgohi | | ||||||
| Muhim shaxslar | Colin Ravenescue (Prezident) | ||||||
| Sayti | http://www.aircanada.com/ | ||||||
Tarixi
Kompaniya 1937-yilda Trans-Canada Airlines (TCA) sifatida tashkil etilgan va 1964-yilgacha shunday boʻlib qolgan. Aviakompaniya 1938-yilda transkontinental parvozlarni amalga oshira boshladi. 1949-yilda kompaniyaning asosiy aeroportini Vinnipegdan (Manitoba) hozirda joylashganMonrealga koʻchib oʻtadi. 1984-yil iyul oyidan boshlab kompaniya mijozlarini mukofotlash uchun Aeroplan dasturi joriy qilinadi. 1997-yilda u bir nechta aviakompaniyalar bilan Star Alliance kompaniyasiga asos solgan. 2000-yilda kompaniya Kanadaning ikkinchi yirik aviatashuvchisi Canadian Airlines ni sotib oladi. 2003-yilda aviakompaniya bankrotlikdan himoya qilish uchun daʼvo qiladi va keyingi yili ACE Aviation Holdings Inc sifatida qayta tashkil etiladi.
Flot
2021-yil iyul oyida Air Canada aviaparki oʻrtacha yoshi 9,7 yil boʻlgan 159 ta samolyotdan iborat edi:
| Samolyot turi | Ekspluatatsiyada | Buyurtma qilingan | Yolovchi sigʻimi | Eslatmalar | |||
| Biznes | Premium | Ekonom | Jami | ||||
| Airbus A220-300 | 24 | — | 12 | 125 | 137 | ||
| Airbus A320-200 | 18 | — | 14 | — | 132 | 146 | |
| Airbus A321-200 | 15 | — | 14 | — | 169 | 183 | |
| Airbus A330-300 | 16 | — | 30 | 21 | 255 | 306 | |
| Boeing 737 MAX 8 | 24 | — | 16 | 153 | 169 | ||
| Boeing 737 MAX 9 | — | — | M/Y | ||||
| Boeing 767-300ER | 19 | — | — | 24 | 187 | 211 | |
| Boeing 777-200LR | 6 | — | 40 | 24 | 236 | 300 | |
| Boeing 777-300ER | 19 | — | 40 | 24 | 336 | 400 | |
| 28 | 24 | 398 | 450 | ||||
| Boeing 787-8 | 8 | — | 20 | 21 | 210 | 251 | |
| Boeing 787-9 | 29 | — | 30 | 21 | 247 | 298 | |
| Jami | 159 | — | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
Birlashgan kompaniyalar
- Air Canada Express
- Air Canada Cargo
- Air Canada Rouge
- Air Ontario
- Air Tango
- Air BC
- Air Nova
- Sky Regional Airlines
- Zip
Faoliyat
Air Canada Kanada, Qoʻshma Shtatlar, Lotin Amerikasi, Yevropa, Avstraliya va Osiyodagi 98 ta yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi. Air Canada Jazz bilan hamkorlikda esa 160 ta yoʻnalishga parvozlar amalga oshirilmoqda.
Yoʻlovchi tashish boʻyicha rekordlar 2006 va 2017-yillarda boʻlib 34 va 48 million yoʻlovchi tashilgan.
Galereya
- Airbus A330-300
- Airbus A330-300
- Boeing 767 "Gimli Glider"
- Boeing 767-300
- Airbus 321 yangi ko'rinishda
- Boeing 777-300ER yangi ko'rinishda
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, air canada haqida ma’lumot. air canada nima? air canada nimani anglatadi?