Chaldiron jangi (turkcha: Çaldıran Savaşı; 1514-yil 23-avgust) — Usmonlilarning Safaviylar ustidan qozongan hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlangan jang. Jang natijasida Usmonlilar Sharqiy Onadoʻli va Shimoliy Iroq hududlarini Safaviylardan tortib olishgan. Gʻalaba Sharqiy Onadoʻliga (Gʻarbiy Armaniston) dastlabki Usmonlilar bosqinining boshlanishi boʻlgan. Shuningdek, ushbu jang natijasida Safaviylarning gʻarbga tomon bosqini toʻxtatilgan. Chaldiron jangi 41 yillik halokatli urushning boshlanishi edi. U 1555-yilda Amasiya shartnomasi bilan yakunlangan. Mesopotamiya va Sharqiy Onadoʻli (Gʻarbiy Armaniston) Shoh Abbos I (1588—1629) davrida Safaviylar tomonidan qayta bosib olingan boʻlsada, 1639-yilgi Zuhob sulhiga koʻra, Usmonlilar qoʻliga butunlay oʻtgan.
| Chaldiron jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Usmonli—Safaviy urushlari | |||||||
![]() | |||||||
| |||||||
| Raqiblar | |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Kuchlar | |||||||
| 60,000 yoki 100,000 100-150 toʻp yoki 200 toʻp va 100 oʻqotar qurollar | 40,000 yoki 55,000 yoki 80,000 | ||||||
| Yoʻqotishlar | |||||||
| Ogʻir yoʻqotishlar | Ogʻir yoʻqotishlar | ||||||
![]() Chaldiron jangi boʻlib oʻtgan joy xaritada | |||||||
Usmonlilar jang maydonida 60000—100000 kishilik yaxshi qurollangan armiya hamda koʻplab ogʻir artilleriya qurollariga ega boʻlsa, Safaviylar qoʻshini 40000—80000 kishini tashkil etgan va shu bilan birga ularning ixtiyorida ogʻir artilleriya boʻlmagan. Safaviylar hukmdori Ismoil I jangda yaralanib, asirga tushishiga sal qolgan. Uning zavjalari Usmonli hukmdori Salim I tomonidan asirga olingan. Bir nafari Salimning davlat arboblaridan biriga xotinlikka berilgan. Ismoil bu magʻlubiyatdan keyin hukumat boshqaruvini tark etadi va boshqa hech qachon harbiy yurishlarda qatnashmadi. Gʻalabadan soʻng Usmonlilar Safaviylarga qarshi harbiy yurish maydonini kengaytirgan. Safaviylar poytaxti Tabrizni qisqa muddat bosib olishgan. Davlat xazinasini butunlay talon-toroj qilishgan.
Tarixi
Ilgari Sulton Salim I bir necha bor Safaviylarga qarshi kurashgan. 1505-yilda Shoh Ismoilning akasi boshchiligidagi Safaviylar qoʻshinini magʻlub etib, mamlakat hududidan quvib chiqargan, koʻplarini qirgʻin qilgan. 1507-yilda Arzinjon jangida Shoh Ismoil Usmonlilar yerlari boʻylab Dulqodiriylarga hujum boshlagandan soʻng,Sulton Salim Arzinjonga yurish qilib, Shoh Ismoil tomonidan unga qarshi yuborilgan Safaviylar qoʻshinini magʻlub etdi. U 1510-yil Trabzon yurishida Safaviylarga qarshi yana bir bor kurash olib borib, Shoh Ismoilning akasi ustidan gʻalaba qozonadi.
Adabiyotlar
- Yves Bomati and Houchang Nahavandi,Shah Abbas, Emperor of Persia,1587-1629, 2017, ed. Ketab Corporation, Los Angeles, ISBN 978-1595845672, English translation by Azizeh Azodi.
- Floor, Willem (2001). Safavid Government Institutions. Costa Mesa, California: Mazda Publishers. ISBN 978-1568591353.
- McCaffrey, Michael J. (1990). „ČĀLDERĀN“. Encyclopaedia Iranica, Vol. IV, Fasc. 6. pp. 656-658.
- Mikaberidze, Alexander (2015). Historical Dictionary of Georgia (2 ed.). Rowman & Littlefield. ISBN 978-1442241466.
- Savory, Roger (2007). Iran Under the Safavids. Cambridge: Cambridge University Press. ISBN 978-0521042512.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, chaldiron jangi haqida ma’lumot. chaldiron jangi nima? chaldiron jangi nimani anglatadi?

