Yeferson Julio Soteldo Martínez (talaffuzi: Yeferson Xulio Soteldo Martines) — 1997-yil 30-iyunda Venesuelada tugʻilgan. Futbolchi, „Santos“ klubi va Venesuela terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadi.
| Yeferson Soteldo | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Umumiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Ism sharifi | Yeferson Julio Soteldo Martínez | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tugʻilgan | 30-iyun 1997(25 yosh) Akarigua, Venesuela | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Fuqaroligi |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Boʻyi | 160 cm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vazni | 64 kg | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Pozitsiyasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Hozirgi jamoasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Klub |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Raqami | 10 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoalardagi faoliyati
Yeferson Soteldo faoliyatini „Samora“ klubida boshlagan. 2013-yilning 16-sentabr kuni „Atletico Venesuela“ga qarshi o‘yinda u Venesuela Primerasida debyut qildi. 2015-yil 29-yanvarda „Carabobo“ga qarshi bahsda Yeferson Soteldo „Zamora“ uchun birinchi golini urdi. Yilning ikkinchi yarmida u oʻn ikkita gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
2017-yil boshida Yeferson Soteldo Chilining „Huachipato“ga koʻchib oʻtdi. 17-fevral kuni Universidad de Chili bilan oʻyinda u Chili Primerasida debyut qildi. 6-avgust kuni „Audax Italiano“ga qarshi kechgan bahsda Yeferson Soteldo „Huachipato“ uchun birinchi golini urdi.
2018-yil boshida Soteldo „Universidad de Chili“ga ijaraga oʻtdi. 4 fevral kuni „Unión Española“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi. 7-aprel kuni „Curicó Unido“ga qarshi bahsda Yeferson Soteldo „Chili Universidad“ safidagi ilk golini urdi.
Xalqaro karyerasi
2016-yil 3-fevral kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Yeferson Soteldo Venesuela terma jamoasi safida debyut qildi.
2017-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Yeferson Soteldo Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Peru, Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Braziliya va ikki marta Urugvay va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Kolumbiyaliklar, ekvadorliklar va urugvayliklarga qarshi janglarda Yeferson uchta gol urdi.
Oʻsha yili Yeferson Soteldo Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Turnirda u Germaniya, Vanuatu, Meksika, Yaponiya, Urugvay va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Yeferson Soteldo Venesuela terma jamoasida jarohat olgan Adalberto Penarandani oʻrniga 2019-yilgi Kopa Amerikaga yoʻl oldi.
U 2021-yilgi Amerika kubogi tarkibiga kiritildi.
Statistikasi
| Jamoa | Mavsum | Liga | Kubog | Kontinental | Milliy kubog | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Zamora | 2013-2014 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 3 | 0 | |
| 2014-2015 | 27 | 3 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 32 | 3 | ||
| 2015 | 21 | 12 | 3 | 0 | 2 | 1 | — | 26 | 13 | ||
| 2016 | 33 | 6 | 1 | 1 | 4 | 1 | — | 38 | 8 | ||
| Jami | 84 | 21 | 4 | 1 | 11 | 2 | — | 99 | 24 | ||
| Huachipato | 2016-2017 | 8 | 0 | 0 | 0 | — | — | 8 | 0 | ||
| 2017 | 14 | 2 | 7 | 4 | — | — | 21 | 6 | |||
| Jami | 22 | 2 | 7 | 4 | — | — | 29 | 6 | |||
| Universidad de Chile (ljara) | 2018 | 26 | 5 | 6 | 2 | 5 | 0 | — | 37 | 7 | |
| Santos | 2019 | 32 | 9 | 8 | 1 | 2 | 1 | 9 | 1 | 51 | 12 |
| 2020 | 24 | 4 | 2 | 0 | 11 | 2 | 9 | 1 | 46 | 7 | |
| 2021 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | 3 | 0 | 8 | 1 | |
| Jami | 56 | 13 | 10 | 1 | 18 | 4 | 21 | 2 | 105 | 20 | |
| Toronto FC | 2021 | 24 | 3 | 2 | 1 | 0 | 0 | — | 26 | 4 | |
| Tigres UANL | 2021-2022 | 16 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 16 | 1 | |
| 2022-2023 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 3 | 0 | ||
| Jami | 19 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 19 | 1 | ||
| Santos (ljara) | 2022 | 7 | 0 | — | — | — | 7 | 0 | |||
| Umumiy karyerasida | 238 | 45 | 29 | 9 | 34 | 6 | 21 | 2 | 322 | 62 | |
Xalqaro statistika
| Milliy terma jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gollar |
|---|---|---|---|
| Venezuela | 2016 | 3 | 0 |
| 2017 | 3 | 0 | |
| 2019 | 9 | 1 | |
| 2020 | 3 | 0 | |
| 2021 | 5 | 1 | |
| 2022 | 7 | 0 | |
| Jami | 30 | 2 | |
| No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 19-noyabr 2019 | Panasonic Stadium Suita, Suita, Yaponiya | Yaponiya | 4-0 | 4-1 | 2019 Kirin Challenge Cup |
| 2 | 2-sentabr 2021 | UCV Olimpiya stadioni, Karakas, Venesuela | Argentina | 1-3 | 1-3 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari
- Venesuela chempioni (3): 2013-2014, 2015-2016
- Braziliya vitse-chempioni (1): 2019-yil
- Libertadores kubogi finalchisi (1): 2020-yil
- Yoshlar oʻrtasidagi jahon vitse-chempioni (1): 2017-yil
- Janubiy Amerika yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori (1): 2017-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yeferson soteldo haqida ma’lumot. yeferson soteldo nima? yeferson soteldo nimani anglatadi?
