Kitobiy dostonlar – yozma adabiyot taʼsirida yaratilgan xalq ogʻzaki poetik asarlari turi. Kitobiy dostonlarda oʻziga asos boʻlgan manbaga koʻra, romanik yoki qahramonlik dostonlariga xos xususi-yat saqlangan boʻlishi mumkin. Unda dostonlarga xos boʻlgan jangovarlik xususiyati kamroq boʻlsada, oila va jamiyat ziddiyatlari bilan kelisha olmagan muhabbat mavzui asosiy oʻrinni egallaydi. Masalan, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Baxrom va Gulandom“ dostonlarining xalq variantlari Navoiy asarlari asosida, „Yomiq va Oʻzro“ yunon romanlari mavzui asosida yuzaga kelgan. Baʼzi Kitobiy dostonlar Aniq bir adabiy man-ba asosida emas, balki muayyan kitobiy syujetlar taʼsirida yaratilgan („Sanobar“, „Zevarxon“ va boshqa dostonlar). „Oshiq Gʻarib“, „Malikai Dilorom“, „Tohir va Zuhra“ kabi dostonlarda ogʻzaki hamda yozma adabiyotdagi turli shakllar, anʼanalar oʻzaro chatishib ketgan. Baxshilar, xalq dostonchilari ijrosidagi Kitobiy dostonlarda xalqning ishq-muhabbat, sadoqat, ezgulik va boshqa maʼnaviy-axloqiy fazilatlar haqidagi ilgʻor qarashlari, orzulari aks etadi.
Yana qarang
- Doston
- 1. Kitobiy dostonlarning o‘ziga xosligi.O‘zbek baxshilari repertuaridan mustahkam o‘rin olgan epik asarlarning maxsus bir turini — klassik poeziya namunalarining baxshilar tomonidan folklorga xos ravishda qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan yoki yaratilishi jihatidan yozma adabiy mavbaga ega bo‘lgan, shuningdek, bevosita yozma adabiyot ta'sirida yaratilgan asarlarni — kitobiy dostonlar deb yuritiladi. Kitobiy dostonlar unga asos bo‘lgan manbaning xarakteriga arab, romanik yoki qahramonlik dostonlari xususiyatlarini o‘zida kam yoki ko‘p saqlagan bo‘lishi mumkin. Ularda sof folklor dostonlari uchun xarakterli bo‘lgan qahramonona jasorat, jangu jadallardagi jangovarlik nihoyatda sust berilib, asosiy o‘rinni ijtimoiy va oilaviy hayotning tashqi shart-sharoitlari bilangina kelisha olmagan zavqli, ko‘tarinki muhabbat temasining turli-tuman ko‘rinishlari egallaydi. Kitobiy dostonlarning bir turi klassik adabiyot namunalarini baxshilarning qayta ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Masalan, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Barrom va Gulandom»ning xalq variantlari Alisher Navoiy asarlari asosida, «Yusuf va Zulayxo» shu syujetdagi forsiy va turkiy asarlar asosida, «Rustami Doston» «Shohnoma» asosida, «Sayful Malik» Majlisiy asari asosida, «Varqa bilan Gulshox», «Vomiq bilan O‘zro» kabi aearlarning xalq variantlari esa forschadan ozarbayjonchaga qilingan tarjimalar asosida yaratilgan. Biroq ularning xalq dostonchisi repertuariga kelish jarayoni turli-tuman bo‘lib, mazkur asarlar bilan ularning xalq variantlari orasida turli davr shoirlari, savodli kishilar va qissaxonlar tomonidan tuzilgan nusxalar ham bo‘lgan. O‘z navbatida bunday asarlarni yaratgan yozma adabiyot namoyandalari ham xalq ijodidagi rivoyat va afsonalarga tayanganlar. Boshhacha qilib aytganda, xalq orasida keng tarxalgan qadimiiy afsona va rivoyatlar biror shoirning ijodiy laboratoriyasida yozma adabiyot obidasiga aylantirilgan. Keyinchalik ular bevosita yoki bavosita turli yo‘llar bilan og‘zaki epik an'anaga moslashtirilgan holda baxshilar repertuariga o‘tgan. Kitobiy dostonlar orasida yana shunday namunalar borki, ularning yaratilishida asos bo‘lgan manbani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatish mumkin emas, ammo asarning temasi, uslubi, tasvir moxiyati kitobiy manbaga asoslanganligini va yozma adabiyotga yaqin turganligini aniq ko‘rsatadi. «Sanobar», «Zevarxon» kabi dostonlar shunday asarlardan xisoblanadi. Xorazm dostonchiligida, shuningdek, «Malikai Dilorom», «Tohir va Zuhra» kabi bir qancha dostonlarda og‘zaki va yozma adabiyotning juda murakkab formalariga, turli-tuman adabiy traditsiyalarning o‘ziga xos ravishda juda ham chatishib, chirmashib ketganligiga duch kelamiz. Bu murakkab jarayon hozirgacha maxsus tadqiqotlarga ob'ekt bo‘lganicha yuq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yirik adabiyotshunos N. Mallaevning «Farhod va Shirin» hamda «Layli va Majnun» dostonlari bo‘yicha ko‘zatuvlari muhim ahamiyatga eta. Kitobiy dostonlarda qahramonlarning sevgi kechinmalarining lirik tomonlariga alohida e'tibor beriladi. Kahramon yor uchun ajoyib-g‘aroyib sarguzashtlarni boshidai kechiradi, oh-fig‘on chekadi, uzun monologlarda ayriliq alamidan zorlanadi, yig‘laydi, shikoyat qiladi, g‘ayritabiiy kuchlarga yolboradi, ya'ni qahramon kechinmalari ba'zan diniy, ba'zan o‘ta sentimental mohiyat kasb etadi. Kitobiy dostonlar ana shu xususiyatlari bilan ishq-muhabbat temasi asosiy o‘rin olgan sof folklor dostonlari («Ravshan», «Kuntugmish» kabi)dan aljralib turadi. 2. Kitobiy dostonlarning yaratilish shartlari. O‘zbek dostonchiligida yozma adabiyot ta'siri murakkab ko‘rinishlarga ega. Xuddi shunday ta'sir va aks ta'sir natijasidagina o‘zbek xalq baxshilari repertuarida maxsus janr — kitobiy dostonlar paydo buldi. Bunday dostonlar («Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» «Bahrom va Gulandom» va boshqalar) klassik poeziya namunalarining baxshilar tomonidan folklorga xos ravishda qayta ishlanishi natijasidir. Shuningdek, xalq kitoblari nomi bilan yuritilib kelinayotgan kattagina adabiy maxsulot borki, uning yozma og‘zaki manbalarini tekshirish adabiyot va folklor munosabatlariga doyr qiziqarli ma'lumotlar beradi. O‘zbek folkloridagi ishqiy- romanik dostonlar janrinnng yuzaga kelishi va taraqqiyotini yozma adabiyot ta'sirisiz tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun xam V.M. Jirmunskiy va X.T. Zarifovlar xalq baxshilarining podsholar saroylari va shaharlarga qatnovi, professional xalq ashulachilari tomonidan klassik lirika namunalarining ijro etilishi, shahar va shahar atrofidagi qishloqlarda maxsus xonoqolarning mavjudligi bunday o‘zaro ta'sirga asosiy shart-sharoitlar yaratdi, busiz og‘zaki folklor janri – romanik dostonlarning rivojlanishi va taraqqiyotiga imkoniyat bo‘lmagan bo‘lar edi, deb ta'kidlagan edilar. Shunday romanik dostonlarning klassik namunalarini bergan baxshilar asosan Qo‘rg‘on qishloq dostonchilik maktabining vakillaridir. Shu dostonchilik maktabining so‘nggi talantli vakili Ergash Jumanbulbul o‘g‘li bo‘lib, undan yozib olingan va o‘zi yozib topshirgan doston va termalar dostonchilikka yozma adabiyot ta'sirini yoritish uchun ancha qiziqarli materiallar beradi. «U shoirlar qishlog‘i, shoirlar oilasida tug‘ilib o‘sganligi uchun ham – deb yozgan edi professor H. Zarif,— xar kuni qo‘shiq tinglar, shu bilan birga Alisher Navoiy, Fo‘zuliy, Hofiz, Mirzo Abduqodir Bedil, Mashrab, Maxtumxuli asarlarining kichik devonlarini qunt bilan o‘qib borar edi. Bir tomondan, xalq shoirlaridan o‘rganish, dostonchilik yo‘llarini mukammal egallash; ikkinchi tomondan, o‘zbek, fors, ozarbayjon va turkman klassiklari ijodi bilan tanishishi Ergash Jumanbulbul o‘g‘liga juda samarali natija berdi, uning ijodida bamisoli ikki kattakon daryo qo‘shilib, bir ummon hosil qilgandek bo‘ldi». Chindan ham Ergash shoir dostonlariga nazar tashlasak, undan yozma adabiyot unsurlarini, klassik adabiyotga xos she'r tuzilishi va poetik vositalarni istagancha topa olamiz. Ma'lumki, g‘azal yozma adabiyotda asosiy janrlardandir. Ergash shoir g‘azaldan ustalik bilan foydalanib, dostonlarda qahramonlarning dialog va monologlarida uning yaxshi namunalarini beradi. Shundaylardan biri «Kunturmish» dostonida Kuntug‘mishning yori va bolalaridan ayrilib, gangib qolganida, tasodifan uchragan cho‘ponning unga murojaatidir: E, yori alam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il, Ko‘p ranju sitam ko‘rgan, kaydin kelasan, ayril. Kim erding guli so‘lgan, shum paymonasi to‘lgan, Yoki bolasi o‘lgan, qaydin kelasan, aygil... Ergash shoir yuqoridagi g‘azalni kimdan ilhomlanib yaratdi? Ma'lumki, Sobir Sayqaliyning «Bahrom va Gulandom» dostonidagi Bahromning gado qiyofasida Gulandom qasri oldiga kelib turganda, uning kimligini bilish uchun Gulandom noma yozib, kanizi Davlatdan berib yuboradi. Shu nomada yuqoridagidek gazal keltirilgan. Ergash shoir uchun anna shu g‘azal asosiy manba bo‘lgan. Bu fikrni har ikki g‘azalni oddiy qiyoslash tasdiqlaydi. 3. Kitobiy va an’anaviy dostonlar munosabati. Yozma adabiyot va an'anaviy dostonlar orasidagi munosabat muamosini bevosita Qo‘rg‘on dostonchilari, xususan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li va Rahmatulla shoir ijodini tadqiq etish misolida keng yoritish imkoni mavjud. Klassik adabiyot namunalarini ko‘p mutola qilan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li va Rahmatulla shoir ulardagi she'r tuzilishi badiiy tasviriy vositalar, she'riy leksika va boshqa unsurlardan folklor yo‘lga moslab keng foydalangan. Xususan, Ergash shoirning original, g‘azalnamo narsalar to‘qishiga ana shu ta'sirlanish, ilhomlanish bosh sabab bo‘ldiki, bu badiiy lavhalar dostondagi obrazlarning ichki ruhiy holatlarini tasvirlashda matn bilan zanjirdek birikib ketgan: Yangi tuqqan oyday botib boraman, Ajal yoqasini tutib boraman. O‘zing rahm etmasang g‘arib holima, Borsa kelmas yo‘lga ketib boraman. Bir vaqtida arz so‘ragan xon edim, O‘zimni bir nonga sotib boraman. Xudoyo, go‘daklar senga omonat, Qo‘sh bolamni yetim etib boraman. Armon bilan yig‘lab qoldi ortimda, Sanam yorimni unutib boraman. Demak, Ergash shoir o‘z dostonlaridagi g‘azallarida, birinchidan, klassik adabiyotimizdagi o‘ziga ma'qul tushgai ayrim g‘azallarning uslubini (vazn, qofiya, radif va tasviriy vositalarini) saqlagan holda yangi she'r yaratsa, ikkinchidan, uning janr imkoniyatlaridan foydalanib, ham mazmun, ham uslub jihatidan mustaqil g‘azallar ijod qilgan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li o‘z dostonlarida kahramonlar tilidan muxammas formasidagi chiroyli she'rlarni ham beradi. «Yakka Ahmad», «Kuntug‘mish», «Alibek bilan Bolibek» va boshqa dostonlardagi qator she'riy parchalar bunga yaqol misol bo‘la oladi. «Alibek bilan Bolibek» dostonining Shahrizar malikasi Badiuljamolning Alibekka oshiqligi va unga yetishishini tasvirlovchi ikkinchi qismi o‘zining syujeti jixatidan yozma adabiyotga (Majlisiyning «Sayful muluk» asariga) borib taqaladi. Bunda shoir yozma adabiy manbadan foydalanish bilan birga klassik she'riy formalarda ham bir qancha parchalar to‘qigan: Devlarim, parvoz etib taxti samoni axtaring, Hamd aytib, tinmasdan ushbu muddaoni axtaring, Topmayin qo‘ymang bukun, dashtu daloni axtaring, Avvali Makka, Madina, Karbaloni axtaring... «Kuntugmish» dostonida yoridan ayrilib; bir o‘g‘lini bo‘riga, ikkinchisini baliqqa oldirgan qahramon tilidan olti bandli badiiy go‘zal, ajoyib bir muxammas beradi. Kuntug‘mishning san'atkorona yaratilgan bu monologini to‘lqinlanmasdan o‘qish mumkin emas: Xonu monim bo‘ldi chun barbod dastingdan, falak, Bo‘lmadi g‘amgin bu ko‘nglim shod dastingdan, falak, Qilmading aslo dilim obod dastingdan, falak, To qiyomat dod etarman, dod dastingdan, falak, Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak!.. Deydi Kuntug‘mish otimni, men No‘g‘oyning xoniman, Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman, Oldirib ikki ko‘zimni diydai giryoniman, Onadin baxti qapo tug‘dim, shuning hayroniman, Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak! Bu badiiy parchani o‘kir ekanmiz, beixtiyor klassik shoir Boborahim Mashrabning mashhur «Dastingdan» degan muxammasini eslaymiz. Chindan xam lirik qahramonning kayfiyatini berishda bu muxammasining ruhi va formasi juda mos tushgan. Shuning uchun xam atoqli folklorist Xodi Zarif Ergash ota hasida gapirganda, uning ba'zan mashrabona satrlar ham yaratganligini qayd qilgan edi. Bunday parchalar doston qahramonlarining muayyan xolatdagi ruhiy dramalarini atroflicha ochishda muhim bir vosita rolini o‘ynagan. Demak, yozma adabiyotning o‘zbek xalq dostonchiligiga ta'siri turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, u xilma-xil aspektlarda zoxir bo‘lgan.
Adabiyotlar
- Razzoqov H., Mirzayev T. va boshqa, Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kitobiy dostonlar haqida ma’lumot. kitobiy dostonlar nima? kitobiy dostonlar nimani anglatadi?