Manap Gʻulomov (1910-yil — 1983-yil 2-aprel) — sovet va oʻzbek davlat arbobi, partiya yetakchisi. Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1956—1960-yillarda).
| Manap Gʻulomov | |
|---|---|
| Mansab davri 1960-yil – 1961-yil | |
| Avvalgisi | Аbdulhay Тoirov |
| Keyingisi | Saidmahmud Usmonov |
| Mansab davri 1956-yil yanvar – 1960-yil yanvar | |
| Avvalgisi | Rahmonqul Qurbonov |
| Keyingisi | lavozim bekor qilingan Salohiddin Asamov |
| Mansab davri 1951-yil – 1953-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Nuriddin Muhiddinov |
| Oʻtmishdoshi | Qosim Rahimov |
| Vorisi | Mirzaali Muhammadjonov |
| Mansab davri 1945-yil – 1947-yil | |
| Mansab davri 1942-yil – 1943-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1910-yil |
| Vafoti | 2-aprel 1983-yil (73 yosh) Toshkent |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Taʼlim | Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Manap Gʻulomov 1910-yilda tugʻilgan. 1932-yildan Butunittifoq bolsheviklar Kommunistik partiyasi aʼzosi hisoblangan. 1950-yilda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi tamomlagan.
- 1942—1943-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Jalaquduq tuman qoʻmitasi birinchi kotibi (Andijon viloyati);
- 1943—1945-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi;
- 1945—1947-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Oyim tuman qoʻmitasining birinchi kotibi (Andijon viloyati);
- 1950—1951-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi kotibi;
- 1951—1953-yillarda — Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri;
- 1953—1954-yillarda — Toshkent viloyati Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;
- 1954—1956-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi;
- 1956—1960-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
- 1960-yil — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi ixtiyorida;
- 1960—1961-yillarda — Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, manap gʻulomov haqida ma’lumot. manap gʻulomov nima? manap gʻulomov nimani anglatadi?


