Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Simone Inzaghi (it; 1976-yil 5-aprelda tugʻilgan) – italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Saudiya Pro ligasining „Al Hilol“ klubi bosh mu

Simone Inzaghi

Simone Inzaghi (it; 1976-yil 5-aprelda tugʻilgan) – italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Saudiya Pro ligasining „Al Hilol“ klubi bosh murabbiyi. Ogʻzaki va ogʻzaki boʻlmagan, murabbiylik muloqot uslubi tufayli „Il demone di Piacenza“ („Pyachensalik iblis“) laqabini olgan. Inzaghi 3-5-2 taktik uslubini futbolda jonlantirgani bilan mashhur.

Simone Inzaghi
Inzaghi 2023-yilda Inter Milan jamoasi murabbiyligida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Simone Inzaghi
Tavallud sanasi 5-aprel 1976-yil (1976-04-05) (49 yosh)
Tavallud joyi Pyachensa, Italiya
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Striker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Hilal (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1994 Piacenza
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—1999 Piacenza 30 (15)
1994—1995   Carpi 9 (0)
1995—1996   Novara 23 (4)
1996—1997   Lumezzane 23 (6)
1997—1998   Brescello [it] 21 (10)
1999—2010 Lazio 133 (28)
2005   Sampdoria 5 (0)
2007—2008   Atalanta 19 (0)
Total 263 (63)
Milliy terma jamoa
1993—1994 Italiya U18 4 (1)
2000—2003 Italiya 3 (0)
Boshqargan klublari
2014—2016 Lazio U19
2016—2021 Lazio
2021—2025 Inter Milan
2025— Al Hilal
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Inzaghi futbolchilik faoliyatini 1994-yilda Pyasenza bilan boshlagan, biroq bir qancha klublarga, jumladan Novara va Lumezzanega ijaraga berilgan. Ijarada oʻynagan davrida 1996 va 1997-yillarda ketma-ket C seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Inzaghi faoliyati davomida uchta Italiya kubogi, bitta Italiya Superkubogi va bitta UEFA Superkubogi sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Simone shuningdek, 2010-yilda faoliyatini yakunlashdan oldin „Sampdoriya“ va „Atalanta“ klublarida ijara asosida oʻynagan. Xalqaro miqyosda Indzagi 2000—2003-yillar oraligʻida Italiya terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan.

Simone murabbiylik faoliyatini 2010-yildan buyon Lazio klubning yoshlar jamoalarini boshqarishdan boshlagan. 2016-yilda „Latsio“ jamoasi Simoneni bosh murabbiy etib tayinlagan va katta murabbiylik faoliyati boshlagan. Lazio jamoasi murabbiyligida bir marta Italiya kubogi va ikki marta Italiya Superkubogida gʻolib chiqqan. Inzaghi 2021-yilda Milanning „Inter“ jamoasibilan shartnoma imzolagan. Inter jamoasi murabbiyi sifatida bir marta A Seriya, ikki marta Italiya kubogi, ketma-ket uchta Italiya Superkubogi gʻolibi va 2023-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan.

Boshqaruv uslubi

Inzaghi oʻz oʻyinchilaridan maksimal foyda olish bilan hurmat qozongan. Simone oldinga oʻtishni va hujumkor oʻyinga qoʻshilishni yaxshi koʻradigan qanot himoyachilari bilan 3-5-2 sxemasini qoʻllashi bilan mashhur. Uning afzal koʻrgan taktik tuzilishida ikkita markaziy hujumchi yarim himoyada qolgan ikki oʻyinchidan oldiroqda boʻlgan hujumkor yarim himoyachi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Bu taktik jihatdan qulay tizim boʻlib, qanot himoyachilari himoyaga qaytganida 5-3-2 xolatiga oʻtib, hujumkor uslub boʻlmagandek koʻrinadi. Inzaghi, shuningdek, oʻz jamoasini oʻyin davomida hisobni saqlab qolish va himoyalanishdagi koʻp qirrali ekanligi bilan mashhur. „Latsio“ jamoasidagi faoliyati davomida Simone raqiblari toʻpni egallab turganda qaytarib olish uchun yuqori pressing va oʻrta blokni amalga oshirgan. 2022-yilda CBS Soccer’dan Franchesko Porzio Indzagi oʻz oʻyinchilariga oʻzidan oldingi Antonio Contega qaraganda taktik jihatdan koʻproq erkinlik berganini va bu jamoa oʻyinlariga ijobiy taʼsir koʻrsatganini taʼkidlagan. Indzagining „Inter“ jamoasidagi 2023-yilgi Chempionlar ligasi finali oldidan Pep Guardiola boshchiligidagi „Manchester City“ jamoasiga qarshi taktik yondashuvi The Independent nashri jurnalisti Migel Delaney tomonidan „reaktiv“ deb taʼriflangan va „oʻyin uslubini aniqlash qiyin“ ekanligini taʼkidlagan. Indzagi qoʻl ostidagi „Inter“ oʻyinidagi tendentsiyalar va shuning uchun Inzagi jamoalari bilan toʻqnash kelishga tayyorlanish raqib murabbiylari uchun qiyinchiliklar tugʻdirgan, chunki ularning oʻyin uslubini oʻqish qiyin edi. Oʻzining taktik mahoratidan tashqari, Inzaghi menejer sifatida oʻzining yetakchilik fazilatlari uchun ham maqtovga sazovor boʻlgan. BBC Sport vakili Jeyms Xornkasl ham Inzaghi haqida 2023-yilda „…u oʻyinlardagi turli xil vaziyatlarga moslasha oladigan, yaxshi boshqaruvchi odam“ ekanligini taʼkidlagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
KLub Mavsum Liga Italiya kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Piacenza 1993–94 Serie A 0 0 0 0
1997–98 Serie A 0 0 1 0 1 0
1998–99 Serie A 30 15 0 0 30 15
Jami 30 15 1 0 31 15
Carpi (ijara) 1994–95 Serie C1 9 0 9 0
Novara (ijara) 1995–96 Serie C2 23 4 23 4
Lumezzane (ijara) 1996–97 Serie C2 23 6 23 6
Brescello [it] (ijara) 1997–98 Serie C1 21 10 21 10
Lazio 1999–2000 Serie A 22 7 6 3 11 9 1 0 40 19
2000–01 Serie A 13 4 1 0 9 3 0 0 23 7
2001–02 Serie A 20 5 2 1 6 0 28 6
2002–03 Serie A 18 4 3 1 8 4 29 9
2003–04 Serie A 23 6 4 1 5 3 32 10
2004–05 Serie A 12 1 1 0 3 1 0 0 16 2
2005–06 Serie A 7 0 2 1 0 0 9 1
2006–07 Serie A 5 0 0 0 5 0
2008–09 Serie A 9 1 1 0 10 1
2009–10 Serie A 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 133 28 20 7 42 20 1 0 196 55
Sampdoria (ijara) 2004–05 Serie A 5 0 2 0 7 0
Atalanta (ijara) 2007–08 Serie A 19 0 0 0 19 0
Umumiy faoliyat 262 63 23 7 42 20 1 0 328 90
  1. Appearance in UEFA Super Cup

Terma jamoa

Italiya
Yil Oʻyinlar Gollar
2000 2 0
2001 0 0
2002 0 0
2003 1 0
Jami 3 0

Murabbiylik statistikasi

Natijalar 2024-yil 30-avgustgacha boʻlgan davrga oid
Jamoa va xizmat muddati boʻyicha boshqaruv rekordi
Jamoa Millat Dan Gacha Natijalar
D M UG OʻG GF Gʻal %
Lazio   2016-yil 3-aprel 2021-yil 27-may 251 134 45 72 463 325 +138 053,39
Inter Milan   2021-yil 1-iyul hozirgacha 161 106 29 26 319 133 +186 065,84
Umumiy statistika 412 240 74 98 782 458 +324 058,25

Yutuqlar

Futbolchi

Novara

  • C2 seriyasi: 1995–96

Lumezzane

  • C2 seriyasi: 1996–97

Latsio

  • A seriya: 1999/2000
  • Italiya kubogi: 1999/2000 , 2003/2004 , 2008/2009
  • Italiya Superkubogi: 2000-yil
  • UEFA Superkubogi: 1999-yil

Murabbiy

Latsio

  • Italiya kubogi: 2018/2019
  • Italiya Superkubogi: 2017, 2019

Inter Milan

  • A Seriya: 2023/2024
  • Italiya kubogi: 2021/2022, 2022/2023
  • Italiya Superkubogi : 2021, 2022, 2023
  • UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 2022/2023

Individual

  • A Seriyada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2021-yil dekabr, 2023-yil oktyabr, 2024-yil yanvar, 2024-yil aprel
  • Enzo Bearzot mukofoti: 2024
  • A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi: 2023–24

Izohlar

  1. Appearances in UEFA Champions League
  2. Appearances in UEFA Cup

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, simone inzaghi haqida ma’lumot. simone inzaghi nima? simone inzaghi nimani anglatadi?

Yuqori