Shugʻnon tizmasi - Gʻarbiy Pomirdagi togʻ tizmasi. Tojikiston hududida. Gʻunt va Shohdara daryolari oraligʻida. Tizma gʻarbdan sharqqa 100 km ga choʻzilgan. Suvayirgʻich qismi qoyali, baʼzi joylari abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy maydoni 150 km²ga yaqin. Eng baland joyi — Qoyali choʻqqisi (5707 m). Bundan tashqari, Shavash, Jerani, Yaxcha, Zarkaz choʻqqilari, Nimosdara, Doʻzahsara dovonlari bor. Shugʻnon tizmasi granit, gneys, kristalli slanetslardan tuzilgan. Yon bagʻirlari tik, qoyali; shuvoq, shoʻra, chalov, betaga va boshqalar oʻsimliklar oʻsadi. Yon bagʻirlarida koʻllar (Turintaygun, Dirimkoʻl, Rivakoʻl va boshqalar) bor. Qishi uzoq, sovuq; yozi qisqa, salqin. Daryo vodiylarida tol, terak, qayin, archa; quyi qismlarida mevali daraxtlar oʻsadi.
| Tojikiston geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shugʻnon tizmasi haqida ma’lumot. shugʻnon tizmasi nima? shugʻnon tizmasi nimani anglatadi?