Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gʻuzordaryo – Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Quyi oqimida, Gʻuzor shahridan quyida Qorasuv deb nomlanadi.

Gʻuzordaryo

Gʻuzordaryo – Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Quyi oqimida, Gʻuzor shahridan quyida Qorasuv deb nomlanadi.

Gʻuzordaryo
Gʻuzordaryo havzasi
Gʻuzordaryo havzasi
Tavsif
Uzunligi 86
Daryolar havzasi 3170 km²
Suv sarfi 4,87 m³/s (Pachkamar qishlogʻi)
Suv oqimi
Boshlanishi Katta va Kichik Oʻradaryoning qoʻshilishi
Quyilishi Qashqadaryo
 · Quyilish joyi Qarshi shahridan 16 km sharqda
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston
Mintaqa Qashqadaryo
Tuman Gʻuzor va Qarshi tumanlari

Uzunligi 86 km. Havzasining maydoni 3170 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi.

Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 m³/sek., eng kam suv sarfi 0,31 m³/sek. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Eng koʻp suv sarfi aprelda (22,5%), eng kam suv sarfi sentyabrda (3,6%) kuzatiladi. Gʻuzordaryoning yuqori qismida Pachkamar suv ombori barpo qilingan hamda daryodan irrigatsion kanallar chiqarilgan. Suvi, asosan, ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.

Gʻuzordaryo havzasidagi kichik suv yigʻish maydonlari
Gʻuzordaryo havzasidagi kichik suv yigʻish maydonlari


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gʻuzordaryo haqida ma’lumot. gʻuzordaryo nima? gʻuzordaryo nimani anglatadi?

Yuqori