Karbalo jangi (arabcha: مَعْرَكَة كَرْبَلَاء) – 680-yil 10-oktyabr (islomiy taqvimi boʻyicha hijriy 61-yilning Muharram oyi 10-kuni)da ikkinchi Umaviy xalifa Yazid I (h. 680–683) va islom paygʻambari Muhammadning nabirasi Husayn ibn Ali boshchiligidagi kichik qoʻshin oʻrtasida Savadning Karbalo shahri (hozirgi Iroqning janubi)da boʻlib oʻtgan jang.
| Karbalo jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Ikkinchi fitnaning bir qismi | |||||||
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
Umaviylar xalifaligi
| Husayn ibn Ali va uning tarafdorlari
| ||||||
| Kuchlar | |||||||
4,000–5,000
| 70–145
| ||||||
Oʻlimidan oldin Umaviy xalifa Muoviya I (h. 661–680) oʻgʻli Yazidni oʻziga voris etib tayinlagan edi. Yazidning vorislikka tayinlanishi baʼzi sahobalarning oʻgʻillari, jumladan, toʻrtinchi xalifa Alining oʻgʻli Husayn ibn Ali va Zubayr ibn al-Avvomning oʻgʻli Abdulloh ibn az-Zubayr tomonidan rad etildi. 680-yilda Muoviya vafot etgach, Yazid Husayn va unga qarshi boshqa kishilarning bay’at qilishni talab qildi. Husayn bay’at keltirishdan bosh tortdi va Makka shahriga joʻnab ketdi. Kufa aholisi Suriyada joylashgan Umaviy xalifalariga qarshi boʻlib, Alining avlodiga uzoq yillardan beri sodiqlik bildirgan edilar. Ular Husaynni Umaviylarga qarshi chiqishga daʼvat etdilar. Husayn qariyb 70 kishilik hamrohlari bilan Kufaga yoʻl oldi, ularning karvoni Kufadan uzoqroqda xalifaning 1 000 kishilik qoʻshini tomonidan toʻsib olindi. Natijada, Husayn shimol tomonga burilishga va 2-oktyabr kuni Karbaloda qarorgoh qurishga majbur boʻldi. Oradan koʻp oʻtmay, bu yerga Umaviylar tomonidan yuborilgan 4 000 kishilik qoʻshin yetib keldi. Muzokaralar natijasiz yakunlandi, chunki Umaviylar hokimi Ubaydulloh ibn Ziyod Husaynni oʻz hokimiyatiga boʻysunmasidan turib tinch ketishga ruxsat bermadi. Husayn bu shartni rad etdi. Shundan soʻng 10-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan jangda Husayn va uning aksariyat qarindoshlari hamda safdoshlari halok boʻldi, omon qolgan oila aʼzolari esa asirga olindi. Ushbu jang Ikkinchi fitna, yaʼni islom tarixidagi ichki nizolar davrining boshlanishiga sabab boʻldi. Bu davrda Iroq aholisi Husaynning oʻlimi uchun qasos olish maqsadida ikki alohida harakat – Tavvobin va Muxtor as-Saqafiy boshchiligidagi qoʻzgʻolonlarni uyushtirdilar.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, karbalo jangi haqida ma’lumot. karbalo jangi nima? karbalo jangi nimani anglatadi?