Pul belgilari – pulning koʻrinish shakli, muomalada qatnashadigan pulning turlari. Pulga xos umumiy belgilar: qiymat miqdorini koʻrsatuvchi raqamlar, davlat gerbi, individual seriya va uning soni, maxsus rasm, chizmalar, naqshlar; xususiy belgilar: qogʻoz tarkibi, hajmi, eni va boʻyi, boshqa pullardan farqlanadigan va takrorlanmaydigan belgilardan iborat. Oʻzbekistonda qogʻoz belgilar va mayda tangalar shaklida chiqariladi. Pul belgilari nominallari naqd hisob-kitoblarni, toʻlovlarni oqilona tashkil etishga imkoniyat beradigan darajada belgilanadi. Inflyasiya yuz berayotgan vaziyatlarda Pul belgilari yirik nominalda chiqariladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, pul belgilari haqida ma’lumot. pul belgilari nima? pul belgilari nimani anglatadi?