Siroj Nuriddinovich Nuriddinov (1911, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 1966-yil 9-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1946—1949 va 1956—1959).
| Siroj Nuriddinovich Nuriddinov | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi | |
| Mansab davri 1956-yil fevral – 1959-yil 23-mart | |
| Oʻtmishdoshi | Orif Alimov |
| Vorisi | Rasul Gʻulomov |
| Oʻzbekiston KP Namangan viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi | |
| Mansab davri 1959-yil – 1961-yil 30-may | |
| Oʻtmishdoshi | Hasan Joʻrayev |
| Vorisi | Abdulxay Toirov |
| Oʻzbekiston KP (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi | |
| Mansab davri 1946 – 1949 | |
| Oʻtmishdoshi | Abdurazzoq Mavlonov |
| Vorisi | Aziz Toʻxtaboyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1911 Toshkent, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 1966-yil 9-iyun Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Turmush oʻrtogʻi | Yodgor Nasriddinova |
| Taʼlim | KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi |
| Mukofotlari | |
Tarjimai holi
1938-yildan VKP (b) aʼzosi. 1953-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi — KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyatini zavodda usta sifatida boshlagan.
- 1937—1941-yillarda Oʻzbekiston komsomoli shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitasining birinchi kotibi,
- 1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi;
- 1945—1946-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent shahar qoʻmitasi ikkinchi kotibi;
- 1946—1949-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
- 1949-yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi;
- 1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) MK kotibi;
- 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK maktablar boʻlimi mudiri,
- 1954—1955-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
- 1955—1956-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi birinchi kotibi,
- 1956—1959-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
- 1959—1964-yillarda Oʻzbekiston Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisi.
SSSR Oliy Kengashining 3—6-chaqiriqlari deputati.
1966-yil 9-iyunda vafot etgan.
Oilasi
Ya. S. Nasriddinova (1920—2006) bilan turmush qurgan. Bolalari: Qizlari — Lola (1939-yilda tugʻilgan), Raisa (1942-yilda tugʻilgan), Zulfiya (1950-yilda tugʻilgan), oʻgʻli Baxtiyor (1947-yilda tugʻilgan)[manba kerak] .
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, siroj nuriddinov haqida ma’lumot. siroj nuriddinov nima? siroj nuriddinov nimani anglatadi?
