Dwight David Eisenhower (talaffuzi: Duayt Devid Eyzenhauer; 1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQShning 34-prezidenti (1953—61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning Gʻarbiy Yevropadagi ekspeditsion qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni (1943-yil, dekabr); AQShning Germaniyadagi okkupatsion qoʻshinlari qoʻmondoni (1945-yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni (1950—52). Eisenhower 1961-yil harbiysanoat kompleksi taʼsirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSH hukumatining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori.
| Dwight D. Eisenhower | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 14-oktyabr 1890 |
| Vafoti | 28-mart 1969 |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Otasi | David Jacob Eisenhower |
| Onasi | Ida Stover Eisenhower |
| Imzosi | |
| | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dwight eisenhower haqida ma’lumot. dwight eisenhower nima? dwight eisenhower nimani anglatadi?
