Amur viloyati — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 20-oktabrda Xabarovsk oʻlkasi tarkibida tashkil etilgan. 1948-yil 2-avgustdan alohida Amur viloyati Maydoni 363,7 ming km². Aholisi 10690300658 ming kishi (1993), asosan ruslar, ukrainlar; shuningdek beloruslar, evenklar, yakutlar yashaydi. Shaharliklar 68%. Amur viloyatida 10 shahar, 33 shaharcha bor. Markazi — Blagoveshchensk shahri Amur viloyati Amur daryosi havzasida. Shimolida Stanovoy tizmasi (eng baland nuqtasi 2312 m) bilan oʻralgan. Tukuringra, Jug-dir, Turana, Jagdi tizmalari, Yuqori Zeya, Zeya-Bureya tekisliklari va Amur-Zeya platosi bor. Oltin, temir rudasi, kumir, kaolin, ohaktosh, kvars qumlari konlari, mineral buloklar mavjud. Amur viloyati iqlimi keskin kontinental. Musson taʼsiri ostida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 24°dan — 33° gacha, iyulniki 18 — 21°. Yiliga oʻrtacha 450 — 800 mm yogin tushadi. Eng katta daryolari: Amur, uning irmoqlari — Zeya, Bureya. Tuprogi asosan qoʻngʻir oʻrmon tuprogi, bir qismi pod-zollashgan, janubida qoramtir tuprokdar. A. hududining 65% oʻrmon. Amur viloyati hududida Zeya va Xingan qoʻriqxonalari joylash-gan. Kon qazish (oltin, koʻmir), oʻrmon, yogʻochsozlik, elektrotexnika, mashina-sozlik, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bor. Zeya GES ishlab turibdi. Bureya GES qurilmoqda (1993).Amur viloyati — Uzoq Sharqning eng yirik qishloq xoʻjaligi rayoni. Gʻalla ekinlari (bugʻdoy, suli, arpa), soya, kartoshka, sabzavot yetishti-riladi. Goʻsht-sut chorvachiligi, asalarichilik, buguchilik, darrandachilik ri-vojlangan. Ovchilik bilan shugʻullaniladi. Hududidan Transsibir temir yoʻl va Baykal — Amur temir yoʻl magistrali oʻtadi. Amur, Zeya, Bureya daryolarida kema qatnaydi.
Uzoq Sharq federal okrugining trkibiga kiradi. Shimoldan Saha respublikasiga (Yoqutiston), Sharqda Xabarovsk o'lkasiga, janubi-sharqdan Yahudiy avtonom viloyatiga va garbdan Zabaykal o'lkasiga. Janubdan Xitoy bilan cegaradosh.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, amur viloyati haqida ma’lumot. amur viloyati nima? amur viloyati nimani anglatadi?