Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shimoliy irlandiya — Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi. Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Maydoni - 14,2 ming km². Aholisi - 1675

Shimoliy Irlandiya

Shimoliy irlandiyaBuyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi. Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Maydoni - 14,2 ming km². Aholisi - 1675 ming kishi (1997). Asosiy shahri — Belfast. Maʼmuriy jihatdan 26 okrugga boʻlingan.

SH.I.ning 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixi Irlandiya tarixi bilan uzviy bogʻliq. Bu hududda odamlar mil. av. 6-ming yillikdan, kelt qabilalari esa mil. av. 4-asrdan yashay boshlagan. Ilk oʻrta asrlarda bu hudud mustaqil Olster Irland Qirolligining tarkibiga kirgan. 12-asr oxirida rasman ingliz taxtiga tobe boʻlgan boʻlsa ham amalda hokimiyat klan qabilasi boshliklari qoʻlida boʻlgan (qarang: Olster, tarixiy viloyat). 16-asrda Irlandiya hududining barcha qismida Angliya hukmronligi oʻrnatilgach, hozirgi Shimoliy Irlandiya hududi Olster viloyati tarkibiga kirgan. 1919—21 yillardagi irland xalqining inglizlarga qarshi olib borgan milliy ozodlik urushi natijasida 1921-yil imzolangan AngliyaIrlandiya shartnomasiga koʻra, Buyuk Britaniya Irlandiyaning katta qismiga dominionlik huquqini berdi (1949-yildan Irlandiya Respublikasi), ammo Shimoliy Irlandiya hududidagi hukmronligini saqlab qoldi. Irlandiyaning ana shu ajratib olingan qismida rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi tarkibida muxtor viloyat (Shimoliy Irlandiya) tashkil etildi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shimoliy irlandiya haqida ma’lumot. shimoliy irlandiya nima? shimoliy irlandiya nimani anglatadi?

Yuqori