Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rizoshoh Pahlaviy (1878.16.3, Mozandaron — 1944.26.7, Yoxannesburg) — Eron shohi (1925—41). Pahlaviylar sulolasi asoschisi. Dastlab Eron kazak brigadasida harbi

Rizoshoh Pahlaviy

Rizoshoh Pahlaviy (1878.16.3, Mozandaron — 1944.26.7, Yoxannesburg) — Eron shohi (1925—41). Pahlaviylar sulolasi asoschisi. Dastlab Eron kazak brigadasida harbiy mansabdor. 1921-yil 21 fevralda mazkur brigada R. P. boshchiligida davlat toʻntarishi oʻtkazgan. 1921—23 yillarda harbiy vazir. 1923-yil oktabr — 1925-yil dekabrda bosh vazir. Qojarlar sulolasi tugatilgach, 1925-yil 12 dekabrda taʼsis majlisi R.P.ni Eron shohi deb eʼlon qilgan. R. P. davrida demokratik tashkilotlar va matbuot qattiq taʼqib ostiga olingan. 30-yillarning oʻrtalaridan fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashish siyosatini olib borgan. Sovet va ingliz qoʻshinlari Eron hududiga kirishi bilan (1941-yil avgust) taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etgan. JARda vafot etgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rizoshoh pahlaviy haqida ma’lumot. rizoshoh pahlaviy nima? rizoshoh pahlaviy nimani anglatadi?

Yuqori