Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dmitriy Aleksandrovich Kim (1918-yil 2-fevral, Quyi Yanchik, Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi, Primorsk viloyati, – 1985-yil 18-noyabr) – Oʻzbekiston SSR Toshkent vilo

Dmitriy Kim

Dmitriy Aleksandrovich Kim (1918-yil 2-fevral, Quyi Yanchik, Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi, Primorsk viloyati, – 1985-yil 18-noyabr) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxoz raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Dmitriy Aleksandrovich Kim
Tavalludi 2-fevral 1918-yil
Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi, Primorsk viloyati, RSFSR 
Vafoti 18-noyabr 1985-yil(1985-11-18)
(67 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Blagoveshchensk moliya-iqtisodiyot texnikumi
Kasbi kolxoz raisi
Mukofotlari

Tarjimai holi

1918-yilda Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi Quyi Yanchik qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys. 1934-yilda oʻzining qishlogʻidagi yetti yillik maktabni tugatgan. Posyetovskiy tumani Kraskino qishlogʻida Rossiya Qizil Xoch boʻlimi kotibi, keyin esa shu tumanning OSOVIAXIM tuman kengashi kotibi boʻlib ishlagan. 1936-yilda Tomsk un tegirmon ishchilari fakultetiga oʻqishga kirdi. 1937-yil may oyidan Blagoveshchensk moliya-iqtisodiyot texnikumida talaba boʻlgan, shundan soʻng u 1937-yil iyuldan sentyabrgacha Kraskino qishlogʻidagi Posyetovskiy tuman moliya boʻlimida hisobchi bo'lib ishlagan.

1937-yilda Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi. Yangiyoʻldagi Mudofaa, aviatsiya va kimyo muhandisligini targʻib qilish jamiyati (OSOVIAXIM) zavodida ishlagan (1937—1938). 1938-yildan — oddiy kolxozchi, buxgalter, hisobchi, Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz raisining oʻrinbosari. 1945-yilda shu kolxozga rais etib saylandi.

U Sverdlov nomidagi kolxozni Toshkent viloyatidagi kolxozlari orasida oldingi qatorga olib chiqdi. 1950-yilda kolxoz 295 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 79,8 sentnerdan yashil kanop hosilini oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

Uning rahbarligida Sverdlov kolxozi SSSRdagi birinchi millioner koreys kolxoziga aylandi. 21 kolxozchi Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. 1971-yil pensiyaga chiqqunga qadar kolxozga rahbarlik qildi.

Ittifoq ahamiyatiga ega nafaqaxoʻr. 1985-yil noyabr oyida vafot etdi. Sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz (hozirgi Ahmad Yasaviy nomidagi fermer xoʻjaligi, Yuqori Chirchiq tumani) qabristoniga dafn etilgan.

Olgan mukofotlari

  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
  • Lenin ordeni;
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1957);
  • „Hurmat Belgisi“ ordeni
  • „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali;
  • „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali (1965);
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1964).

Adabiyotlar

  • Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
  • Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
  • Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
  • Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
  • Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
  • Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
  • Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dmitriy kim haqida ma’lumot. dmitriy kim nima? dmitriy kim nimani anglatadi?

Yuqori