Leonid Aleksandrovich Koshelev (ruscha: Кошелев, Леонид Александрович; 1979-yil 20-dekabr) — sobiq oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Leonid Aleksandrovich Koshelev | ||
| Tavallud sanasi | 20-dekabr 1979-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Soviet Union | ||
| Boʻyi | 1.78 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1997-2000 | Navbahor | 85 | (22) |
| 2001-2004 | Paxtakor Toshkent | 102 | (38) |
| 2005 | Shinnik Yaroslavl | 6 | (1) |
| 2005-2006 | Paxtakor Toshkent | 12 | (8) |
| 2006 | Shinnik Yaroslavl | 14 | (1) |
| 2007 | Paxtakor Toshkent | 23 | (1) |
| 2008 | Dinamo Samarqand | 27 | (5) |
| 2009 | Shoʻrtan Gʻuzor | 6 | (1) |
| 2009-2011 | Qizilqum | 48 | (7) |
| 2012 | Dinamo Samarqand | 22 | (3) |
| 2013 | Navbahor | 20 | (3) |
| 2014- | NBU Osiyo | ||
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 1999-2007 | Oʻzbekiston | 43 | (6) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8-noyabr 2013-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-mart 2013-yil uchun) | |||
Futbolchilik faoliyati
Leonid professional faoliyatini Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshlagan va Namanganda toʻrt mavsum oʻtkazib, uning tarkibi boʻyicha mamlakat kubogi va superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida 4,5 mavsum toʻp surgan, koʻp marotaba mamlakat chempionati va kubogida gʻolib chiqgan. 2005-yil yozida u Yaroslavl „Shinnik“ ga koʻchib oʻtgan va u yerda bir yarim mavsumni oʻtkazgan. Premyer-ligada 14 ta oʻyinda (1 ta gol), Rossiya kubogida 4 ta oʻyinda, 13 ta oʻyinda ishtirok etdi va 1 gol urgan. 2007-yilgi mavsumda yana „Paxtakor“ jamoasi safida oʻynagan. Mavsum davomida Hamdoʻstlik kubogi va yana chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2008-yil Paxtakor jamoasini tark etganidan so'ng Samarqandning „Dinamo“ va Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klublarida toʻp surgan boʻlsa, 2010—2011-yillarda Zarafshonning „Qizilqum“ klublarida oʻynagan. 2014-yil fevral oyida „NBU Osiyo“ milliy banki jamoasiga qoʻshildi va shu klubda faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro
1999-yilning 11-iyulida Samarqandda Malayziyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Koshelev milliy terma jamoa safida 43 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.
Yutuqlari
- Navbahor
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1998-yil
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 1999-yil
- Paxtakor
- Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2007-yil
- Oʻzbekiston chempioni: 2002, 2003, 2004, 2005, 2007
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2001, 2002, 2003, 2004
Faoliyat statistikasi
Milliy terma
Milliy terma jamoada urilgan gollar.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2001-yil 30-iyun | Kuala Lumpur, Malayziya | Bosniya va Gersegovina | 2-1 | G'alaba | Merdeka kubogi |
| 2 | 2003-yil 17-noyabr | Bangkok, Tailand | Tojikiston | 4-1 | G'alaba | 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
| 3 | 2003-yil 21-noyabr | Bangkok, Tailand | Tailand | 1-4 | Mag'lubiyat | 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
| 4 | 2004-yil 31-mart | Taypey, Tayvan | Xitoy Taypeyi | 1-0 | G'alaba | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
| 5 | 2004-yil 17-noyabr | Toshkent, Oʻzbekiston | Xitoy Taypeyi | 6-1 | G'alaba | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
| 6 | 2006-yil 15-noyabr | Toshkent, Oʻzbekiston | Qatar | 2-0 | G'alaba | 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, leonid koshelev haqida ma’lumot. leonid koshelev nima? leonid koshelev nimani anglatadi?