Ernest Lawrence (talaffuzi: Ernest Lourens) (1901.8.8, Kanton, Janubiy Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel universitetini tugatgan (1925). Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida (1930-yildan professor, 1936-yildan shu universitet Radiatsiya laboratoriya direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biologiya va tibbiyotda qoʻllanishiga oid. 1930-yilda zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — siklotron gʻoyasini ilgari surgan va birinchi namunasini kurgan (amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933-yilda vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaksiyalarni tekshirdi. AQSH atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ernest lawrence haqida ma’lumot. ernest lawrence nima? ernest lawrence nimani anglatadi?