Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bani Isroil (arabcha: بنو إسرائيل‎‎ – „Isroil oʻgʻillari“) – yahudiylar orasida keng tarqalgan va har bir yahudiy uchun muhim ahamiyat kasb etgan nomlardan biri

Bani Isroil

Bani Isroil (arabcha: بنو إسرائيل‎ – „Isroil oʻgʻillari“) – yahudiylar orasida keng tarqalgan va har bir yahudiy uchun muhim ahamiyat kasb etgan nomlardan biri. Tadqiqotchilarning qarashlariga koʻra, „Isroil“ atamasi „Farishta bilan kurashib uni yenggan“ degan maʼnoni anglatadi. „Ibtido“ kitobida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan „Isroil oʻgʻillari“ nomi Yaʼqub paygʻambarga Xudo tomonidan berilgan. Biroq bu borada Eliyahu Essas oʻziga xos talqinni keltiradi: "Mohiyat nuqtai nazaridan haqiqatga yaqinroq maʼnoni anglash uchun soʻzning ivrit tilidagi tarkibiy tuzilishini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Unga koʻra „i“ harfi uchinchi shaxs, kelasi zamonni anglatadi; „s“ va „r“ – harflari „boshqarmoq, hukmronlik qilmoq“ maʼnosini anglatuvchi oʻzak soʻzni; „il“ esa, Yaratganning nomlaridan biridir. Umumiy maʼnoda „Isroil“ soʻzi – „Yaratgan bu dunyoni boshqaradigan kun keladi“ maʼnosini ifodalaydi.

Adabiyotlar

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bani isroil haqida ma’lumot. bani isroil nima? bani isroil nimani anglatadi?

Yuqori