Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir. Bu isbotlar yordamida evolutsiya nazariyasi ilmiy hamjamiyatda tan olindi, evolutsiya sintetik nazariyasi esa turlanish jarayonlari haqidagi ilgʻor qarashlar tizimiga aylandi.
| Biologiya |
| Evolutsiya |
![]() |
| Mexanizm va jarayonlari |
| Moslashish |
| Tadqiqotlar va tarix |
| Dalillar |
| Evolutsion biologiya sohalari |
| Kladistika |
Evolutsiyaviy jarayonlar ham tabiiy, ham laboratoriya sharoitlarida kuzatiladi. Yangi turlar paydo boʻlgani maʼlum. Shuningdek mutatsiya tufayli yangi xususiyatlar rivojlangani ham kuzatilgan. Turlar ichida evolutsiya boʻlishi tajribaviy isbotlangan, turlanish jarayonlari esa tabiatda bevosita kuzatilgan.
Hayotning evolutsiyaviy tarixi haqida maʼlumot olish uchun paleontologlar organizmlarning qazilma qoldiqlarini tahlil qilishadi. Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi,genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez) oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi. Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.

Kuzatiladigan evolutsiya
Bugungi populatsiyalarda kuzatiladigan oʻzgarishlar nafaqat evolutsiya mavjudligini, balki barcha turlarning umumiy ajdoddan kelib chiqishi uchun zarur boʻlgan qator mexanizmlar borligini ham isbotlaydi. Genomlar sirasiga intronlar koʻchishi, genlar duplikatsiyasi, rekombinatsiya, transpozitsiya, retrovirus kiritmalar (genlarning gorizontal koʻchishi), ayrim nukleotidlar almashinishi, yoʻqolishi va qoʻshilishi, shuningdek xromosoma qayta qurilishlari kiruvchi turli mutatsiyalarga duchor boʻlishi kuzatilgan. Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingover, xromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum. Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlar va funksional oʻzgarishlar — turli adaptatsiyalar,, yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol) va hokazo hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi.
Adabiyot
- Charles Darwin, Turlarning kelib chiqishi
- Происхождение человека и половой отбор (rus.)
- Эволюционный процесс (rus.)
- The Theory of Evolution (ingl.)
- Douglas J. Futuyma, Evolutionary Biology, Sunderland, Massachusetts. ISBN 0-87893-189-9
- Эволюция жизни (Wayback Machine saytida 2009-05-17 sanasida arxivlangan) (rus.)
- Jerry Coyne, Why Evolution is True, ISBN 0670020532
- Richard Dawkins, The Greatest Show On Earth ISBN 0-593-06173-X
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, evolutsiya dalillari haqida ma’lumot. evolutsiya dalillari nima? evolutsiya dalillari nimani anglatadi?
