Reuven Rivlin (ibroniycha: ראובן ריבלין; 9-sentyabr 1939, Quddus, Falastin) – isroillik siyosatchi va huquqshunos, 2014—2021-yillarda Isroilning oʻninchi prezidenti. "Likud" partiyasining aʼzosi. Rivlin 2001-yildan 2003-yilgacha Aloqa vaziri boʻlgan va keyinchalik 2003-yildan 2006-yilgacha va 2009-yildan 2013-yilgacha Knesset spikeri lavozimlarida ishlagan. 2014-yil 10-iyunda Isroil prezidenti etib saylandi. Uning vakolati 2021-yil 7-iyulda tugadi.
| Reuven Rivlin | |
|---|---|
ראובן ריבלין | |
![]() | |
| Mansab davri 2014-yil 24-iyuldan – 2021-yil 7-iyulgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Shimon Peres |
| Vorisi | Isaac Herzog |
| Mansab davri 2001-yil 7-martdan – 2003-yil 28-fevralgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Benjamin Ben-Aliezer |
| Vorisi | Ariel Sharon |
| Mansab davri 2003-yil 19-fevraldan – 2006-yil 4-maygacha | |
| Oʻtmishdoshi | Abraham Burk |
| Vorisi | Dalia Izik |
| Mansab davri 2009-yil 30-martdan – 2013-yil 5-fevralgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Dalia Izik |
| Vorisi | Joel Edelstein |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 9-sentyabr 1939-yil Quddus |
| Mukofotlari | Andoza:Peru quyoshi ordeni |
| Imzosi | ![]() |
Biografiyasi
Joseph Joel Rivlin (1889—1971) va Rachel Rivlin (1904—2005) oilasida tugʻilgan. Zahiradagi harbiy xizmatni oʻtagan. Quddus universitetini tugatgan. 1978-yilda Quddus munitsipalitetiga saylangan. 1981-yildan 1986-yilgacha „El-Al“ aviakompaniyasida ishlagan. 1986-yilda Quddusdagi „Herut“ harakati raisi. 1988-yilda Quddus meriyasi saylovida magʻlub boʻldi. 1988-1993-yillarda „Likud“ harakati raisi. 1996-yildan Knesset deputati. 16-chaqiriqda Knesset spikeri etib saylandi. 2007-yildagi prezidentlik saylovlarida magʻlub boʻldi. 2009-yilda 18-chaqiriq Knesset raisi etib saylandi. 2014-yil 10-iyunda Isroil Prezidenti etib saylandi. 24-iyulda vazifasiga kirishdi.
Shaxsiy hayoti
1971-yildan 2019-yilda vafotigacha Nechama Rivlin bilan turmush qurgan va ularning toʻrt farzandi bor. Rivlin 1960-yillarning oxiridan beri vegetarian boʻlib kelgan. Rivlin yetti yoshidan beri „Beitar Jerusalem“ futbol klubiga muxlislik qilgan. Arab tilini yaxshi biladi.
Fikrlari
Rivlin bir vaqtlar Isroilga arman genotsidini tan olish uchun kampaniya olib borgan. 2012-yilda u shunday degan edi: „Birinchi jahon urushi yillarida bir milliondan ortiq oʻgʻlini yoʻqotgan arman xalqi boshiga tushgan fojiani eslatish bizning maʼnaviy burchimiz va buni siyosiy masalaga aylantirmasligimiz kerak. Men bu masalaning nozikligini bilaman. Ammo ochiq aytaylik: Bu bugungi Turkiyani yoki hozirgi Turkiya hukumatini ayblash emas“.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, reuven rivlin haqida ma’lumot. reuven rivlin nima? reuven rivlin nimani anglatadi?



