Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kritik temperatura - 1) moddaning kritik holatpagn temperaturasi. Har bir modda xususiy Kritik temperatura ga ega va u moddaning oʻzgarmaydigan tavsifnomalarida

Kritik temperatura

Kritik temperatura - 1) moddaning kritik holatpagn temperaturasi. Har bir modda xususiy Kritik temperatura ga ega va u moddaning oʻzgarmaydigan tavsifnomalaridan biridir. Kritik temperaturada suyuqlikning sirt tarangligi nolga teng, meniski yoʻqoladi. Shuningdek, muvozanat holatda boʻlgan bugʻ va suyuqlikning fizik xususiyatlaridagi farq yoʻqola-di; Kritik temperatura moddaning fizik-kimyoviy doimiylaridan biri hisoblanadi (baʼzi bir moddalarning Kritik temperatura Tk qiymati kritik nuqta maqolasida berilgan); 2) ayrim oʻtkazgichlarning oʻta oʻtkazuvchanlik qolatiga oʻtish temperaturasi (qarang Oʻta oʻtkazuvchanlik). Koʻpgiva metallar, qotishmalar va kimyoviy birikmalar uchun aniqdangan. Sof metallarda eng pastki Kritik temperatura W da (-0,1 K), eng yuqori Kritik temperatura Nb da (9,2 K) kuzatilgan. Juda yuqori Kritik temperatura Nb, Ge qotishmalarida kuzatilgan (G23 K).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kritik temperatura haqida ma’lumot. kritik temperatura nima? kritik temperatura nimani anglatadi?

Yuqori