Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Taqlid soʻzlar — maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, h

Taqlid soʻzlar

Taqlid soʻzlar — maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakat-holat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra taqlid soʻzlarning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar (shuningdek onomatopeya deb ham ataladi); obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan soʻzlar. Tovushga taqlid soʻzlar eshitish bilan, obrazga taqlid soʻzlar koʻrish bilan aloqadordir, yaʼni tovushga taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qars-qurs, taq, duk-duk, gʻiyq, miyov kabi); obrazga taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin (jivir-jivir, lip-lip, yalt-yult, hang-mang kabi).Taqlid soʻzlarga illa,Ulla, ira, la qoʻshimchalari qoʻshilganda feʼl yasaladi. Masalan:Lovulla, taqilla, shaqilla, dupurla, hiqilla, yarqira, sharqira. Va ot bilan sifat ham yasash mumkin:sharshara, qahqaha, jizza, qarsak, varrak, tarsaki bularda ot yasalgan."Jizzaki"da esa sifat yasalgan. Asosi „jiz“ taqlid soʻzi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, taqlid soʻzlar haqida ma’lumot. taqlid soʻzlar nima? taqlid soʻzlar nimani anglatadi?

Yuqori