- Vikipediyada ismi Nazar va familiyasi Matchonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978).
| Nazar Matkarimovich Matchonov | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi | |
| Mansab davri 28-dekabr 1970-yil – 1978-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Yodgor Nasriddinova |
| Vorisi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-yanvar 1923-yil Xiva, Xorazm. |
| Vafoti | 30-iyul 2010-yil (87 yoshda) Toshkent |
| Mukofotlari | |
Tarjimai hol
Hunarmand oilasida tugʻilgan.
Taʼlim
1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).
Mehnat faoliyati
1949-1959 yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillar-Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 1970—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.
1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nazar matchonov haqida ma’lumot. nazar matchonov nima? nazar matchonov nimani anglatadi?
