Oʻtiror tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. 1935-yili Qizilqum tumani nomi bilan tashkil topgan va 1991-yili 18-yanvarda — Oʻtror tumani deb qayta nomlangan. Aholi soni 56,540 kishi (2013). Maydoni 18,1 ming km² , (viloyatning 15,4 %). Tuman markazi — Shavildir qishlogʻi.
| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Shavildir | |
| Asos solingan sanasi | 1935-yil | |
| Akim | Sizdiqov Beybit Shaldarovich | |
| Rasmiy tillar | qozoq | |
| Aholi (2013) | 56,540 | |
| Zichligi | 3,1 kishi./km² | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
| Maydoni | 18 100 km² | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72544 | |
| Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 42°46′36″N 68°22′9″E / 42.77667°N 68.36917°E | ||
Aholisi
Tuman aholisining soni 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 56,540 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar (99,7 %) tashkil qiladi. Jinsiy tarkibi boʻyicha: erkaklar 49,8 % ni, ayollar 50,2 % ni tashkil qiladi.
Iqlimi
Oʻtrar tumanining iqlimi keskin kontinental. Qishi iliq va qor kam yogʻadi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati tumanning shimoliy qismida −5—7 °C, janubida −3—5 °C, yoz oylari barcha hududida 26— 28 °C. Qish oylaridagi eng sovuq daraja −38 °C, yozda esa 52 °C. Quyosh radiatsiyasining yillik miqdori 3200— 3400 soat/yil. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 170 milimetrdan 300 milimetrgacha. Qishdagi shamolning asosiysi (45 %) shimoli-sharqqa, yozda shimolga (45 %) keladi.
Geografiyasi
Gʻarbiy tarafidan Qiziloʻrda viloyati bilan, sharqiy tarafidan Ordabasi tumani, janubiy sharqida Sariagʻash tumani bilan, janubiy, janubi-gʻarbida Shardara tumani bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻli oʻtadi. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 361 kilometr. Tuman markazi — Shavildir qishlogʻidan Chimkent shahrigacha oraliq masofa 145 kilometr.
Katta qishloqlari
- Shavildir (8,8 ming kishi)
- Temir (4,3)
- Koʻksaray (4,2),
- Oris (3,0),
- Baltakoʻl (2,9),
- Mayaqum (2,6),
Ijtimoiy soha
Tumanda birinchi maktab 1926-yili „Temir“ temir yoʻl stansiyasida tashkil etilgan. 2003-yilgi maʼlumot boʻyicha tumanda aholiga bilim berish mahkamlarining soni 49 ga yetti. Ularning ichida 1 kasbiy-texnik maktab bor. Shuningdek tumanda madaniyat oʻchoqlaridan: 18 klub, 1 madaniyat uyi, 1 muzey, 1 litsey-internat, 15 kutubxona roʻyxatdan oʻtgan. Shunigdek har bir maktablarda kichik muzeylar tashkillashtirilgan. Hozirgi kunda tumanda aholiga tibbiy hizmat koʻrsatadigan 46 davolash-profilaktikalik mahkamasi faoliyat yuritadi. Ularning safida 1 markaziy kasalxona, 1 oʻpka kasalliklari dispanseri, 7 ta qishloq oilaviy ambulatoriya, 6 ta qishloq shifokorlik shifoxona, tuman SES mahkamasi faoliyat yuritmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, otirar tumani haqida ma’lumot. otirar tumani nima? otirar tumani nimani anglatadi?
