Zagreb universiteti — Xorvatiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1669-yil falsafa-teologiya oliy maktabi sifatida Lepoglav shahrida tashkil topgan. Keyinchalik Zagreb shahriga koʻchirilgan. 1874-yilda universitet maqomini olgan. Falsafa, huquqshunoslik, iqtisod, tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, meʼmorlik va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta ilmiy tadqiqot instituti, kutubxonasi (17-asrda tashkil etilgan, 1 milliondan ortiq asar) bor. 50 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
xorvatcha: Sveučilište u Zagrebu | |
![]() Huquq fakulteti | |
Xalqaro nomi | Universitas Studiorum Zagrabiensis |
|---|---|
| Turi | Universitet |
| Asos solingan sanasi | 1669 |
| Rektori | Aleksa Bjeliš |
| Talabalari | 56113 (2004) |
| Joylashuvi | Zagreb, Xorvatiya |
| Veb-sayti | unizg.hr |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, zagreb universiteti haqida ma’lumot. zagreb universiteti nima? zagreb universiteti nimani anglatadi?
