Majzoʼa ibn al-Kavsar ibn Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy (arabcha: مَجْزَأَة بن الْكَوْثَر بن زُفَر بن الْحَارٍث الْكِلابِيّ الهَوازِنِيِّ) (750-yilda vafot etgan), asosan, Abu al-Vard (shuningdek , Abuʻl-Vard) nomi bilan tanilgan, VIII asr oʻrtalarida Umaviylar xalifaligining Suriyadagi Jund Qinnasrin tumani hokimi boʻlib xizmat qilgan. Faoliyati davomida Umaviylar xalifasi Marvon II ning otliq qoʻshinlari qoʻmondoni etib tayinlangan. Keyinchalik 750-yilda Umaviylar xalifaligini tiklashga qaratilgan Suriyadagi Abbosiy xalifaligiga qarshi qoʻzgʻolonga rahbarlik qilgan.
| Abu al-Vard arabcha: مَجْزَأَة بن الْكَوْثَر بن زُفَر بن الْحَارٍث الْكِلابِيّ الهَوازِنِيِّ | |
|---|---|
| Jund Qinnasrin hokimi | |
| Hukmdor | Marvon II |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Vafoti | 750 Hims |
| Munosabatlari |
|
| Otasi | Kavsar ibn Zufar ibn al-Horis |
Hayoti
Abu al-Vard Banu Amir qabilasidan boʻlib, Umaviylar xalifasi Abdulmalik ibn Marvonga (h. 685–705) qarshi kurashgan Zufar ibn al-Horis al-Kilobiyning nabirasi edi. Uchinchi fitna davrida Umaviylar xalifaligiga qarshi bir qator ichki urushlar va qoʻzgʻolonlar davrida Abu al-Vard xalifa Marvon II tarafdoriga aylangan. Keyinchalik, Marvon II tomonidan Jund Qinnasrin tumani (zamonaviy Suriyaning shimoliy qismi) hokimi etib tayinlangan. 745-yilda Abu al-Vard Jund Dimashq (Damashq) hokimi Zamil ibn Amr va shahar aholisi bilan birgalikda Yazid ibn Xolid al-Qasriy boshchiligidagi Gʻuta vohasida yashovchilar tomonidan qoʻyilgan qamalga qarshi kurashish uchun yuborilgan. Ushbu qamal Yazid ibn Xolid al-Qasriy tomonidan boshqarilgan.
Adabiyotlar
- Cobb, Paul M.. White Banners: Contention in 'Abbasid Syria, 750–880. SUNY Press, 2001. ISBN 978-0-7914-4880-9. Qaraldi: 2018-yil 6-avgust.
- Hoyland, Robert G.. Theophilus of Edessa's Chronicle and the Circulation of Historical Knowledge in Late Antiquity and Early Islam. Liverpool University Press, 2011. ISBN 978-1-84631-698-2. Qaraldi: 2018-yil 6-avgust.
- Al-Tabari. The History of al-Tabari: The Waning of the Umayyad Caliphate. SUNY Press, 1989. ISBN 978-1-4384-2411-8. Qaraldi: 2018-yil 6-avgust.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abu al-vard haqida ma’lumot. abu al-vard nima? abu al-vard nimani anglatadi?