Sharh surasi (arabcha: سورة الشرح, nomining maʼnosi — Ochmoq, keng qilmoq) — Qurʼonning 94-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 596–597-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 12-boʻlib nozil boʻlgan.
| Sharh surasi — سورة الشرح | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Ochmoq, keng qilmoq | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 596–597 | ||||||||||||
| Juz | 30 | ||||||||||||
| Sura raqami | 94 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 8 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 1 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 12 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Sharh - ochish. Bu yerda Rasululloh dillarining ilm-u hikmat bilan ochilishi muroddir.
Asosiy mavzusi
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) koʻksingizni (ilm-u hikmatga) keng ochib qoʻymadikmi?!
2. Sizdan yukingizni olib qoʻydik,
3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.
Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir boʻlgan baʼzi kichik sahv-u xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.
4. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qoʻydik.
5. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.
6. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.
7. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq boʻlsangiz, (oʻrningizdan) turing
8. va Rabbingiz sari ragʻbat (bilan iltijo) qiling!
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sharh surasi haqida ma’lumot. sharh surasi nima? sharh surasi nimani anglatadi?
