Bhikkhu Bodhi (1944-yil 10-dekabrda tugʻilgan) (Bǐqiū Pútí; 比丘菩提), asl ismi Jeffrey Block — amerikalik teravada rohibi boʻlib, Shri-Lankada rohiblikka kirgan. U Nyu-York va Nyu-Jersi hududlarida taʼlim beradi. Budda Nashriyot Jamiyatining (Buddhist Publication Society) ikkinchi prezidenti etib tayinlangan va teravada anʼanasiga asoslangan koʻplab asarlarni mualliflik qilgan hamda tahrir qilgan.
Bhikku Bodhi | |
|---|---|
Jeffrey Block | |
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | Jeffrey Block 10-dekabr 1944-yil |
| Dini | Buddizm |
| Maktab | Theravada |
Buddizm |
|---|
| Madaniyati |
| Tarixi |
| Buddistlar |
| Maktablar |
| Ibodatxonalar |
| Matnlar |
| Portal |
Hayoti
1944-yilda Block Bruklin, Nyu-Yorkda yahudiy oilasida tugʻilgan. U Borough Parkda ulgʻaygan va P.S. 160 boshlangʻich maktabida oʻqigan. 1966-yilda u Bruklin kollejidan falsafa boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1972-yilda esa Claremont Graduate Universityda falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini qoʻlga kiritdi.
Faoliyati
1967-yilda, hali aspirant boʻlganida, Bodhi Vyetnamlik Mahayana anʼanasi asosida sāmaṇera (novis rohib) sifatida rohib bo'lgan. 1972-yilda tahsilni yakunlagach, u Shri-Lankaga yoʻl olgan va u yerda Balangoda Ananda Maitreya Thero qoʻl ostida teravada anʼanasi boʻyicha sāmaṇera rohib boʻldi, 1973-yilda esa toʻliq rohiblik (upasampadā)ni qabul qilgan.
1984-yilda, tashkilotchilardan biri boʻlgan Nyanaponika Theradan keyin Bhikkhu Bodhi Budda Nashriyot Jamiyati (Shri-Lanka)ning ingliz tili bo'yicha muharriri boʻldi. 1988-yilda jamiyat prezidenti etib tayinlandi. 2002-yilda u muharrirlikdan nafaqaga chiqdi, ammo prezidentlik lavozimini davom ettirdi.
2000-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ilk rasmiy Vesak bayrami nishonlanishida u asosiy nutqni so'zlagan. 2002-yilda u AQShga qaytib, avval Nyu-Jersi shtatidagi Bodhi monastrida, hozir esa Nyu-Yorkdagi Chuang Yen monastrida istiqomat qiladi. 2013-yildan boshlab u Budda Assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi.
Bhikkhu Bodhi dunyo boʻylab ocharchilikka qarshi kurashish va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Buddhist Global Relief tashkilotining asoschisidir.
Shaxsiy hayoti
AQShga qaytgach, Bhikkhu Bodhi vegetarian boʻlgan.
Asarlari
- Bodhi, Bhikkhu. The Discourse on the Fruit of Recluseship (The Samaññaphala Sutta and Its Commentaries). Buddhist Publication Society, 1989. ISBN 978-955-24-0045-2.
- Bodhi, Bhikkhu; Bhikkhu, Ñāṇamoli. The Middle Length Discourses of the Buddha: A Translation of the Majjhima Nikaya. Wisdom Publications, 1995. ISBN 978-0-86171-072-0.
- Bodhi, Bhikkhu. Great Discourse on Causation: Mahanidana Sutta and Its Commentaries. Buddhist Publication Society, 1998. ISBN 978-955-24-0117-6.
- Bodhi, Bhikkhu; Thera, Nyanaponika. Numerical Discourses of the Buddha: An Anthology of Suttas from the Anguttara Nikaya. Altamira Press, 2000. ISBN 978-0-7425-0405-9.
- Bodhi, Bhikkhu. The Connected Discourses of the Buddha: A New Translation of the Samyutta Nikaya. Wisdom Publications, 2000. ISBN 978-0-86171-331-8.
- Bodhi, Bhikkhu. The Buddha and His Message: Past, Present & Future (United Nations Vesak Day Lecture). Buddhist Publication Society, 2000. ISBN 978-955-24-0346-0.
- Bodhi, Bhikkhu. A Comprehensive Manual of Abhidhamma: The Abhidhammattha Sangaha of Ācariya Anuruddha. Pariyatti, 2000. ISBN 978-1-928706-02-1.
- Bodhi, Bhikkhu. The Buddha and His Dhamma. Buddhist Publication Society, 2001. ISBN 978-955-24-0201-2.
- Bodhi, Bhikkhu. In the Buddha's Words: An Anthology of Discourses from the Pali Canon. Wisdom Publications, 2005. ISBN 978-0-86171-491-9.
- Bodhi, Bhikkhu. The Noble Eightfold Path: Way to the End of Suffering, 3rd, Pariyatti, 2006. ISBN 978-1-928706-07-6.
- Bodhi, Bhikkhu. The Discourse on the All-Embracing Net of Views: The Brahmajala Sutta Commentarial Exegesis, 2nd, Buddhist Publication Society, 2007. ISBN 978-955-24-0052-0.
- Bodhi, Bhikkhu (2009). The Revival of Bhikkhuni Ordination in the Theravada Tradition. Inward Path. ISBN 978-983-3512-63-8
- Bodhi, Bhikkhu. The Numerical Discourses of the Buddha: A Translation of the Anguttara Nikaya. Wisdom Publications, 2012. ISBN 978-1-61429-040-7.
- Bodhi, Bhikkhu. The Buddha's Teachings on Social and Communal Harmony: An Anthology of Discourses from the Pali Canon. Wisdom Publications, 2016. ISBN 978-1-61429-355-2.
- Bodhi, Bhikkhu. The Discourse on the Root of Existence: The Mulapariyaya Sutta and its Commentaries, 3rd, Buddhist Publication Society, 2016. ISBN 978-955-24-0064-3.
- Bodhi, Bhikkhu. The Suttanipata: An Ancient Collection of the Buddha's Discourses and Its Canonical Commentaries. Wisdom Publications, 2017. ISBN 978-1-61429-429-0.
- Bodhi, Bhikkhu. Investigating the Dhamma: A Collection of Papers. Pariyatti, 2017. ISBN 978-1-68172-068-5.
- Bodhi, Bhikkhu. Dhamma Reflections: Collected Essays of Bhikkhu Bodhi. Pariyatti, 2017. ISBN 978-1-68172-032-6.
- Bodhi, Bhikkhu. Reading the Buddha's Discourses in Pali: A Practical Guide to the Language of the Ancient Buddhist Canon. Wisdom Publications, 2020. ISBN 978-1-61429-700-0.
- Bodhi, Bhikkhu (2023), Noble Truths, Noble Path: The Heart Essence of the Buddha's Original Teachings. Wisdom Publications.
Toʻliq roʻyxat: BPS kutubxonasi yoki Wisdom Publications nashrlari sahifasida.
Yana qarang
- Budda Nashriyot Jamiyati
- Chuang Yen Monastery
- Tinchlik faollari roʻyxati
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bhikkhu bodhi haqida ma’lumot. bhikkhu bodhi nima? bhikkhu bodhi nimani anglatadi?
