Mustabid, despotiya – yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. Mustabidlik miloddan avvalgi VII—VI asrlarda Yunoniston shahar-davlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (masalan, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa terror va genotsid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. Mustabid tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Oʻrta asr Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar-davlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham mustabidlikning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat toʻlaligicha yagona hukmdor – sinor qoʻlida jamlangan. Mustabid rejimi insoniyat-taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlsada, ayrim hozirgi zamon davlatlarida ham uning oʻziga xos jihatlarini koʻrish mumkin.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mustabidlik haqida ma’lumot. mustabidlik nima? mustabidlik nimani anglatadi?