Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shahrisabz aeroporti (IATA: RBZ, ICAO: UTSH) – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Xontepa mahallasi hududidagi mahalliy aeroport. Shahrisabz shahridan 5 kil

Shahrisabz aeroporti

Shahrisabz aeroporti (IATA: RBZ, ICAO: UTSH) – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Xontepa mahallasi hududidagi mahalliy aeroport. Shahrisabz shahridan 5 kilometr (3.1 mi) janubi-gʻarbda joylashgan.

Shahrisabz aeroporti
IATA kodi: RBZ – ICAO kodi: UTSH
Qisqacha bayon
Aeroport turi fuqarolik
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Uzbekistan Airports
Xizmat doirasi Shahrisabz
Joylashuvi Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 1 230 ft / 375 m
Koordinatalari 39°1′59.715″N 66°46′42.989″E / 39.03325417°N 66.77860806°E / 39.03325417; 66.77860806
Xarita
UTSH (Oʻzbekiston)
UTSH
joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
1,554 5,098 Beton

Tarixi

Dastlabki davri

Shahrisabzda aeroport 1980-yillarning boshida, aniqrogʻi 1983-yilda ochilgan. 1996-yilgacha Toshkentga yoz mavsumida haftasiga 4 ta, kuz-qish mavsumida esa 3 ta aviaqatnov tashkil etilgan. Shuningdek, Urganch-Shahrisabz yoʻnalishida haftasiga 2 marta parvozlar yoʻlga qoʻyilgan. 1993—1995-yillarda Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishidagi reyslar Qarshida oraliq toʻxtash bilan amalga oshirilgan. Ushbu reyslarda Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan An-2, An-24, Yak-40 samolyotlari hamda Britaniyadan xarid qilingan RJ-85 mintaqaviy samolyotlaridan foydalanilgan.

Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan mahalliy aviaqatnovlarga boʻlgan talab keskin tushib ketgan va aerport 2003-yil noyabr oyida yopilgan.

Qayta foydalanishga topshirilishi

2023-yil 25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatiga tashrifida 2024-yil 1-yanvardan boshlab, turizmni rivojlantirish maqsadida viloyatning Shahrisabz tumanidan ATR samolyotida parvozlar yoʻlga qoʻyilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Fargʻona vodiysi viloyatlariga mahalliy reyslar koʻpaytirilishi maʼlum qilindi.

2023-yil 28-noyabrda qabul qilingan „Qashqadaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-376-sonli prezident qarorida aeroport infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan. Qarorga koʻra, Uzbekistan Airports Shahrisabz aeroportini Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti talablariga muvofiq zarur infratuzilma bilan taʼminlaydi. Oʻzaeronavigatsiya markazi aeroport hududida samolyotlar harakatini boshqarish infratuzilmasini yaratadi.

2024-yil 31-avgust kuni mintaqaviy Silk Avia kompaniyasi Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishida aviaqatnovlar 11-sentyabrdan boshlanishini maʼlum qildi va aviakompaniya rasmiy saytida chiptalar sotuvi boshlandi. 2024-yil 11-sentyabr kuni soat 13:10 da Toshkentdan parvoz qilgan ilk samolyot Shahrisabz aeroportiga qoʻndi.

Infratuzilmasi

Aeroport terminali soatiga 100 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. 1,554 by 35 metr (5,098 ft × 115 ft) oʻlchamdagi bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. Uchish-qoʻnish yoʻlagi ATR-42, ATR-72, L-410 va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qila oladi. Aproni 2 ta samolyot va 4 ta vertolyotni sigʻdira oladi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Hozirda Shahrisabz aeroportidan haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishida L-410 samolyotida aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya Manzillar
Silk Avia Toshkent

Yana qarang

  • Qarshi xalqaro aeroporti

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shahrisabz aeroporti haqida ma’lumot. shahrisabz aeroporti nima? shahrisabz aeroporti nimani anglatadi?

Yuqori