MIRGʻIYOSOV Turdi (1896-1951) - oʻzbek havaskor arxeolog va etnograflaridan. Toshkentda tugʻilgan. Toʻqmoq shahri (Qirgʻiziston)da yangi usuldagi maktabni (1908), diniy maktabni (1913) tamomlab, oʻqituvchilik qilgan. 1926-yildan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo tarixi muzeyi (hozirgi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi)da katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1927-29 yillarda dunganlar haqida etnografik ma’lumot toʻplagan. Toʻytepadagi Nukat shahar xarobasini akademik Yahyo Gʻulomov bilan tadqiq etib, u yerdan qadimiy zardushtiylarning nekropoli (qabristoni), ostodonlarni topgan (1937). 1930-yilda Leypsig xalqaro koʻrgazmasiga etnografik material toʻplagan. 1942-yilda Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyatiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etgan. Mirgʻiyosov toʻplagan qimmatli materiallar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, turdi mirgʻiyosov haqida ma’lumot. turdi mirgʻiyosov nima? turdi mirgʻiyosov nimani anglatadi?