Shuaro surasi (arabcha: سورة الشعراء, nomining maʼnosi — Shoirlar) — Qurʼonning 26-surasi. Makkiy suralardan biri, 227 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 367–376-sahifasida va 19-juzida joylashgan. 47-boʻlib nozil boʻlgan.
| Shuaro surasi — سورة الشعراء | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Shoirlar | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 367–376 | ||||||||||||
| Juz | 19 | ||||||||||||
| Sura raqami | 26 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 227 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 11 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | To, sin, mim. | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 47 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
U Qurʼonning Alloh tomonidan nozil qilingan (ochiq oyatlardan) iborat eslatma ekanini taʼkidlash bilan boshlanib, paygʻambar alayhissalomga mushriklarning iymonsizliklaridan qaygʻurmaslik kerakligini uqtiradi va ular yaqinda — Qiyomat kunida Allohning azobiga duchor boʻlishlari haqida xabar beradi.
Bu surada ham avval oʻtgan ayrim paygʻambarlar haqida hikoya qilinib, ularning barchalari bir narsaga — yakka-yu yagona Allohga iymon keltirib, U zotning Oʻzigagina itoat etishga daʼvat qilinganlari aytiladi va ularni yolgʻonchi qilgan kimsalarning topgan oqibat-halokatlari tasvirlanadi.
Sura nihoyasida soʻz yana Qurʼonga qaytib, uning jinlar keltirgan choʻpchak yo shoirlar bitgan sheʼr emas, balki Alloh tomonidan Jabroil farishta vositasida ochiq arab tilida nozil qilingan ilohiy Kitob ekanligi taʼkidlanadi.
Bu suradan Tangri taoloning shoirlar haqidagi oyatlari ham oʻrin olgani sababli u "Shuaro" surasi deb atalgandir.
Shoirlar haqida
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shuaro surasi haqida ma’lumot. shuaro surasi nima? shuaro surasi nimani anglatadi?
