Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baljuvon bekligi yoki Baljuvon viloyati (tojikcha: Бекигарии Балҷувон) – Buxoro amirligidagi maʼmuriy birlik. Hozirgi Tojikiston hududiga toʻgʻri keladi. Maʼmur

Baljuvon bekligi

Baljuvon bekligi yoki Baljuvon viloyati (tojikcha: Бекигарии Балҷувон) – Buxoro amirligidagi maʼmuriy birlik. Hozirgi Tojikiston hududiga toʻgʻri keladi. Maʼmuriy markazi Baljuvon shahri.

Baljuvon bekligi
tojikcha: Бекигарии Балҷувон

XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari
XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari

Mamlakat Buxoro amirligi
Maʼmuriy markazi Baljuvon
Bekor qilingan sanasi 1920
Xaritada

Baljuvon begi oʻz qoʻl ostidagi yerlarni amlokdor, mirob, amin kabi mahalliy amaldor va diniy rahnamolar yordamida boshqargan.

Tarixi

Sharqiy Buxoro Buxoro amirligiga qoʻshib olingandan soʻng Baljuvon beklikka aylantirildi va bu yerda tez orada „buxorocha tartib“ joriy etildi. Amir tomonidan tayinlangan beklar butun maʼmuriy hokimiyatni oʻz qoʻllarida toʻplashdi.

Vose qoʻzgʻoloni

1887—1888-yillarda Sharqiy Buxoroda Vose boshchiligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Qoʻzgʻolonga ogʻir soliqlar, qurgʻoqchilikdan keyin ekinlarning nobud boʻlishi va xalqning ogʻir iqtisodiy ahvoli sabab boʻladi. Qoʻzgʻolon vaqtida Abdulqodir Baljuvon begi edi. U Hisor begi Ostanaqulbek yordamida qoʻzgʻolon bostiriladi. Qoʻzgʻolon rahbari Vose Shahrisabzda Amir Abdulahadxon tarafidan qatl ettiriladi.

Aholisi

Aholi zichligi boʻyicha Hisor va Koʻlob bekliklaridan keyin Baljuvon bekligi oʻrin egallagan. Fargʻona viloyati gubernatori Georgiy Arandarenkoning maʼlum qilishicha, Baljuvonda Koʻlobga nisbatan kamroq aholi yashagan.

Iqtisodiyoti

Baljuvon bekligida, asosan, Yaxsuv daryosi boʻyida sugʻoriladigan dalalarning katta maydoni mavjud boʻlib, chorvachilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar boʻlgan.

1896—1917-yillarda beklik hududida rus kon muhandisi va tadbirkor A. P. Juravko-Pokorskiyning korxonasi ishlagan, u yerda mahalliy va rus fuqarolari mehnat qilgan.

Adabiyotlar

  • Искандаров Б. И. „I“, . Восточная Бухара и Памир во второй половине XIX в.. Душанбе: АН Таджикской ССР, 1962. 
  • Искандаров Б. И. „II“, . Восточная Бухара и Памир во второй половине XIX в.. Душанбе: АН Таджикской ССР, 1963. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, baljuvon bekligi haqida ma’lumot. baljuvon bekligi nima? baljuvon bekligi nimani anglatadi?

Yuqori