- Vikipediyada ismi Karim va familiyasi Muqumboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Karim Karimovich Muqumboyev (1901-yil, Bekxo qishlogʻi (keyinchalik Samarqand deb atalgan) Rossiya imperiyasining Turkiston oʻlkasida tugʻilgan — 1975-yil Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida vafot etgan) — sovet partiya va davlat arbobi. Oʻzbekiston Kompartiyasining Namangan (1943—1945-yillarda) va Buxoro (1946—1948-yillarda) viloyatlari qoʻmitalari birinchi kotibi.
| Karim Karimovich Muqumboyev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1946-yil yanvar – 1948-yil ? | |
| Avvalgisi | Yoqubjon Аrtikbayev |
| Keyingisi | Nig‘mat Muhammadjonovich Маngutov |
| Mansab davri 1941-yil 6-mart – 1945-yil | |
| Avvalgisi | Ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan |
| Keyingisi | Тursun Qambarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1901-yil Bekxo, Samarqand, Turkiston oʻlkasi, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 1975-yil Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Karim Karimovich Muqumboyev 1901-yilda Rossiya imperiyasining Turkiston oʻlkasida tugʻilgan. 1925-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Muqumboyev 1939-yilning iyul oyida SSSR Ichki Ishlar Xalq Komissarligining Buxoro viloyat boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.
1941—1943-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Namangan viloyati boʻyicha tashkiliy byurosining birinchi kotibi. 1943—1945-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi. 1946—1948-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.
1964—1972-yillarda Markaziy Fargʻona irrigatsiya va yerlarni oʻzlashtirish boʻyicha Fargʻona viloyat kolxozlararo kengashi inspektor-maslahatchisi, rais oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Muqumboyev shuningdek, SSSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati etib saylangan.
Mukofotlar va unvonlari
- Karim Karimovich
- Lenin ordeni;
- uch marotaba Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni;
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni;
- „Jasorat uchun“ medali bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, karim muqumboyev haqida ma’lumot. karim muqumboyev nima? karim muqumboyev nimani anglatadi?

