Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Erna Solberg (norvegcha: Erna Solberg, 24-fevral 1961-yil, Bergen) – Norvegiya davlat va siyosat arbobi. 2004-yildan Norvegiya Konservativ partiyasi rahbari. 20

Erna Solberg

Erna Solberg (norvegcha: Erna Solberg, 24-fevral 1961-yil, Bergen) – Norvegiya davlat va siyosat arbobi. 2004-yildan Norvegiya Konservativ partiyasi rahbari. 2013-yil 16-oktyabrdan 2021-yil 14-oktyabrgacha Norvegiya Bosh vaziri.

Erna Solberg
norvegcha: Erna Solberg
28-Norvegiya Bosh vaziri
Mansab davri
2013-yil 16-oktyabrdan – 2021-yil 14-oktyabrgacha
Monarx Harald V
Oʻtmishdoshi Jens Stoltenberg
Vorisi Jonas Gahr Støre
Norvegiya konservativ partiyasi raisi
Mansab davri
2004-yil 9-maydan
Oʻtmishdoshi Jan Petersen
Norvegiya modernizatsiya vaziri
Mansab davri
2001-yil 19-oktyabrdan – 2005-yil 17-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Sylvia Brustad
Vorisi Åslaug Haga
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-fevral 1961-yil (1961-02-24) (65 yosh)
Bergen
Mukofotlari
Muqaddas Olaf ordeni katta xochi kavaleri

Biografiyasi

Erna Solberg 1961-yilda Bergen shahrida tugʻilgan. Maktabda oʻqiyotganda disleksiya tufayli bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Maktabda orkestrda oʻynadi va pianino darslarini oldi. Maktabni tugatgandan soʻng Bergen universitetiga oʻqishga kirdi va 1986-yilda sotsiologiya va siyosatshunoslik fakultetini tamomladi.

Yoshligidan Konservativ partiyaga aʼzo boʻldi va tez orada birinchi navbatda yoshlar qanoti, soʻngra partiyaning oʻzi rahbariyatiga kirdi. 1989-yildan Stortingning (Norvegiya parlamenti) doimiy aʼzosi.

2001 yilda u Kjell Magne Bunnevik hukumatida kommunal xizmatlar vaziri boʻldi. Hukumatda ishlagan. Oʻzini irodali va maqsadli siyosatchi sifatida koʻrsatdi va 2004-yil 9-mayda Konservativ partiyani boshqardi.

2013-yil sentabrida Norvegiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida toʻrtta oʻng partiyalar ittifoqi koʻpchilikni qoʻlga kiritdi. Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. 16-oktyabrda bu lavozimni Erna Solberg egalladi.

2021-yilda isteʼfoga chiqdi.

Erna Solberg 1996-yilda Sindre Finnes bilan turmush qurgan. Ularning bir oʻgʻil va qizi bor.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, erna solberg haqida ma’lumot. erna solberg nima? erna solberg nimani anglatadi?

Yuqori