Masad surasi (arabcha: سورة المسد, nomining maʼnosi — Pishiq tola) — Qurʼonning 111-surasi. Makkiy suralardan biri, 5 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 6-boʻlib nozil boʻlgan.
| Masad surasi — سورة المسد | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Pishiq tola | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 603 | ||||||||||||
| Juz | 30 | ||||||||||||
| Sura raqami | 111 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 5 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 1 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 6 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Ushbu surada Paygʻambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning jazolanishlari, har ikki dunyoda tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.
Tafsiri
Bu surai karimaga o‘zining oxirgi "masad" so‘zi nom bo‘lib qolgan. Suraning ikkinchi ismi "Lahab"dir. Ko‘pchilik birinchi ibora - "Tabbat yadaa" bilan ham ataydi. "Masad" so‘zining ma'nosi "arqon"dir. Surada Abu Lahabning xotini bo‘ynida arqon ila do‘zaxga kirishi ta'kidlangan. Ushbu suraning qahramoni Abu Lahabning asli ismi Abdul Uzzo ibn Abdulmuttolib bo‘lib, ikki yanog'i olovdek qizarib turgani uchun Abu Lahab degan kunya olgan edi. Alloh taolo "Yaqin qarindoshlaringni ogohlantir" degan oyatni tushirganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib, baland ovoz bilan: "Ey, Quraysh jamoasi!"— deb nido qildilar. Shunda ular to‘planishdi. Ul zot ularga qarab: "Agar sizlarga hozir vodiyda otliqlar ustingizga bostirib kelishga tayyor turibdilar, desam, ishonasizlarmi?"– dedilar. To‘planganlar: "Ishonamiz, sening yolg‘on gapirganingni hech ko‘rmaganmiz", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan qo‘rqituvchi (Payg‘ambar) bo‘lib keldim", - dedilar. Shunda Abu Lahab: "Halok bo‘lgur, bizni shunga yig‘dingmi?" degandan so‘ng Alloh Taolo "Masad" surasini nozil qilgan. Abu Lahab Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilari va eng ashaddiy dushmanlaridir. U boyligi g‘ururga ketkazgan sinf vakili: ular o‘zlariga vazifa yuklatuvchi barcha harakat va tuzumlarga qarshi chiqishaveradi. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil ham Islomning ashaddiy dushmanlaridan biri bo‘lib, Payg‘ambar alayhissalom haqida turli bo‘hton va tuhmatlar tarqatib yurardi. U ham chaqimchilik, g'iybatchilikka o‘ch, fitnachi ayollar toifasining vakilasi.
| № | Arabchasi | Maʼnosi | |
|---|---|---|---|
| بِسۡمِ ٱللهِ ٱلرَّحۡمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ | Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). | ||
| 1 | تَبَّتْ يَدَا أَبِي لَهَبٍ وَتَبَّ | Abu Lahabning qoʻllari qurisin (halok boʻlsin)! Halok boʻldi ham. | |
| 2 | مَا أَغْنَى عَنْهُ مَالُهُ وَمَا كَسَبَ | Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi. | |
| 3 | سَيَصْلَى نَارًا ذَاتَ لَهَبٍ | Yaqinda (u) olovda toblanajak. | |
| 4 | وَامْرَأَتُهُ حَمَّالَةَ الْحَطَبِ | Shuningdek, oʻtin tashuvchi xotini ham. | |
| 5 | فِي جِيدِهَا حَبْلٌ مِّن مَّسَدٍ | Boʻynida puxta eshilgan arqoni ham boʻlur. |
Sura haqidagi hadislar
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, masad surasi haqida ma’lumot. masad surasi nima? masad surasi nimani anglatadi?
