Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg (talaffuzi: Yohanes Gensflaysh zur Laden zum Gutenbergtax. 1400 — 3-fevral 1468-yil) — nemis ixtirochisi, Yevropada kitob bosish asoschisi. Pul zarb qiladigan joy (zarbxona)da ishlab, metalldan shrift quyishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 1438-yilda Strasburgda bosmaxona tashkil etadi. 15-asrning 40-yillarida bosmaxona jarayonining texnologiyasini ishlab chiqib, harakatlanuvchi literani qoʻllab bosma qoliplarini tayyorlash usulini ixtiro qildi, dastaki harf (soʻz) quyish qurilmasini yaratdi, bosma pressni qurdi. Gart va bosmaxona boʻyoqlarini taklif qildi. 1447-yildan Maynsda darslik va ommabop nashrlarni (astronomik kalendar va boshqalar) ni chop etgan. 1452—55-yillarda Bibliyaning 300 nusxasini lotin tilida bosib chiqargan.
| Johannes Gutenberg | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg tax. 1400-yil Mainz, Olmoniya |
| Vafoti | 3-fevral 1468-yil (taxminan 68 yoshda) Mainz, Olmoniya |
| Fuqaroligi | Muqaddas Rim imperiyasi |
| Otasi | Friele Gensfleisch zur Laden |
| Onasi | Else Wirich |

Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, johannes gutenberg haqida ma’lumot. johannes gutenberg nima? johannes gutenberg nimani anglatadi?
