Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mehdi Taremi (forscha: مهدی طارمی‎‎; 1992-yil 18-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, Serie Aning „Inter Milan“ jamoasi va Eron milliy terma jamo

Mehdi Taremi

Mehdi Taremi (forscha: مهدی طارمی‎; 1992-yil 18-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, Serie Aning „Inter Milan“ jamoasi va Eron milliy terma jamoasida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Mehdi Taremi
Taremi Eron terma jamoasi bilan
2019-yilgi Osiyo kubogida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 18-iyul 1992-yil (1992-07-18) (33 yosh)
Tavallud joyi Bushehr, Eron
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Strayker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Milan
Raqami 99
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2006 Bargh Bushehr
2006—2010 Iranjavan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Shahin Bushehr 8 (1)
2012—2014 Iranjavan 22 (12)
2014—2018 Persepolis 87 (45)
2018—2019 Al-Gharafa 30 (13)
2019—2020 Rio Ave 30 (18)
2024— Inter Milan 26 (1)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Eron U20 6 (0)
2013 Eron U23 1 (0)
2015— Eron 94 (55)
Tavalludi 18-iyul 1992
Fuqaroligi Eron
Imzosi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 23-may uchun)

Faoliyatining dastlabki davrlarida Shahin Bushehr va Iranjavan jamoalarida oʻynagan boʻlsa, keyinchalik 2014—2018-yillar oraligʻida Persepolisda toʻp surgan. Mehdi Eron Pro ligasida ikki mavsumda (2015-16 va 2016-17) eng yaxshi toʻpurar unvonini qoʻlga kiritgan. 2018—2019-yillarda Qatarning „Al-Gharafa“ jamoasida oʻynagan, keyin esa Portugaliyaning „Rio Ave“ klubiga oʻtib, 2019-20-yilgi mavsumda Primeira Liganing eng sermahsul hujumchisi boʻlgan. 2020-yilda Portugaliyaning „Porto“ jamoasiga oʻtib, 2021-22-yillarda ichki musoboqalarda ikkita sovrinni qoʻlga kiritgan. 2022-23-yilgi mavsumda esa bu yutuqlarini yanada rivojlantirib, liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan hamda Taça de Portugal va Taça da Liga musobaqalarida gʻolib chiqib, ichki kuboklar dublini qoʻlga kiritgan.

Taremi 2015-yilda kattalar safida ilk bor maydonga tushgan va 2018 hamda 2022-yillarda FIFA Jahon chempionatida, shuningdek, 2019 va 2023-yillarda Osiyo kubogida Eron milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Yutuqlari

Persepolis
  • Fors koʻrfazi Pro ligasi: 2016–17, 2017-18
  • Eron Superkubogi: 2017
Al-Garafa
  • Qatar yulduzlar kubogi: 2018–19
Porto
  • Primeira Liga: 2021–22
  • Portugaliya kubogi: 2021–22, 2022–23, 2023–24
  • Liga kubogi: 2022–23
  • Portugaliya Superkubogi: 2020, 2022
Inter (Milan)
  • UEFA Chempionlar Ligasi finalisti: 2024–25
Eron
  • MOFF Millatlar Kubogi: 2023
  • Iordaniya xalqaro turniri: 2023
Shaxsiy yutuqlari
  • Eronda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016, 2017
  • Fors koʻrfazi Pro ligasida yilning eng yaxshi hujumchisi: 2014–15, 2015–16, 2016–17
  • Fors koʻrfazi Pro ligasining eng sermahsul toʻpurar: 2015–16, 2016–17
  • Fors koʻrfazi Pro ligasining ramziy terma jamoasi: 2014–15, 2015–16, 2016–17
  • Ozodegan ligasining eng sermahsul toʻpurari (B guruhi): 2013–14
  • Primeira Liga ramziy terma jamoasi: 2019–20, 2020–21, 2021–22, 2022–23
  • Primeira Liganing eng sermahsul toʻpurari: 2019–20, 2022–23
  • Rio Ave jamoasining yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2019–20
  • SJPF oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2021-yil yanvar, 2022-yil sentyabr, 2022-yil noyabr, 2022-yil dekabr
  • Primeira Liganing eng koʻp gol uzatmalarini bergan oʻyinchisi: 2020–21
  • UEFA muxlislari tomonidan tanlangan turnirning eng yaxshi goli: 2020–21
  • IFFHS tomonidan tanlangan Osiyoning yilning eng yaxshi erkaklar terma jamoasi: 2022, 2023
  • CAFA Millatlar kubogining eng koʻp gol urgan oʻyinchisi: 2023
  • CAFA Millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2023
  • AFC Osiyo kubogi turnirining ramziy terma jamoasi: 2023

Yana qarang

  • Xalqaro maydonda 50 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati
  • Primeira Ligada xet-triklar roʻyxati

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mehdi taremi haqida ma’lumot. mehdi taremi nima? mehdi taremi nimani anglatadi?

Yuqori