Xherdan Shaqiri (1991-yil 10-oktabrda tugʻilgan) — Shveysariyalik professional futbolchi, Amerika Oliy Liga futbol klubi Chicago Fire va Shveysariya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.
![]() 2018-yil Shaqiri Shveysariya safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Xherdan Shaqiri | ||
| Tavallud sanasi | 10-oktyabr 1991-yil | ||
| Tavallud joyi | Gjilan, SFR Yugoslavia | ||
| Boʻyi | 1.69 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chicago Fire | ||
| Raqami | 10 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1999-2001 | SV Augst | ||
| 2001-2009 | FC Basel | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007-2009 | FC Basel II | 19 | (8) |
| 2009-2012 | FC Basel | 92 | (18) |
| 2012-2015 | Bayern Munich | 52 | (11) |
| 2015 | Inter Milan | 15 | (1) |
| 2015-2018 | Stoke City | 84 | (15) |
| 2018-2021 | Liverpool | 45 | (7) |
| 2021-2022 | |Lyon | 11 | (2) |
| 2022- | |Chicago Fire | 20 | (4) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007-2008 | Shveysariya U17 | 10 | (0) |
| 2008-2009 | Shveysariya U18 | 5 | (0) |
| 2009 | Shveysariya U19 | 5 | (3) |
| 2009-2011 | Shveysariya U21 | 7 | (1) |
| 2010- | Shveysariya | 106 | (26) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-avgust uchun) | |||
Yoshligi
Shaqiri SFR Yugoslaviyaning Gjilan shahrida, kosovalik alban oilasida tugʻilgan. U 1992-yilda ota-onasi va uchta ukasi bilan Shveysariyaga koʻchib kelgan. Uning akasi Arianit Shaqiri yoshlar futbol murabbiyi. Ular Augstda, Basel-Country kantonidagi kichik shaharchada, Fransiya va Germaniya chegaralariga yaqin joyda yashashadi.
Klublardagi faoliyati
FC Basel
Shaqiri oʻz faoliyatini oʻz shahrining „SV Augst“ klubida boshlagan va sakkiz yoshida uni „Basel“ skautlari akademiyaga taklif etishgan. „Basel“ yoshlar jamoasida oʻynab, u 15 yoshgacha boʻlgan Nike Cup 2007 musobaqasida qatnashdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bir nechta boshqa klublar uni qoʻlga kiritishga urinishiga qaramay, u „Basel“da qolishga qaror qildi. U yerda 2007-yildan 2009-yilgacha Shveysariya Liga 1da zaxira jamoada oʻynadi. Ikki yil oʻtgach, Shaqiri 2009-yilning 2-yanvarida „Basel“ bilan oʻzining birinchi professional faoliyatidagi shartnomasini imzoladi, yangi shartnomaga koʻra, u Baselda 2011-yilning dekabrigacha qoldi.
Bavariya
2012-yilning 9-fevralida Basel Shaqirini 2012-13-yilgi mavsum uchun Germaniya Bundesligasining „Bavariya“ klubiga oʻtishini eʼlon qildi. Transfer narxi 11,6 million yevroga baholandi. Shaqiri nemis klubi bilan 2016-yilning 30-iyuniga qadar toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U yarim himoyadagi oʻrin uchun Franck Ribéry, Arjen Robben, Toni Kroos va Thomas Müller bilan raqobatlashdi.
Inter Milan
Shaqiri 2015-yilning 9-yanvarida Italiyaning „Inter“ klubiga 15 million yevro evaziga transfer qilindi va toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi.
Shaqiri A Seriyadagi ilk golini 2015-yilning 15-fevralida „Atalanta“ klubiga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.
Stoke City
2015-yil iyul oyida Stok Shaqiri uchun 12 million funt sterling taklif qildi ammo bu taklifni Inter rad etdi. 11-avgust kuni Shaqiri uchun „Stok“ 14,5million yevro taklif qildi va bunga Inter rozi boʻldi. Klub Shaqiri bilan besh yillik shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi.
Liverpul
2018-yilning 13-iyulida „Liverpul“ Shaqirini 13,5 million funt sterling evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi va 5 yillik shartnoma imzolandi. 12-avgust kuni oʻzining debyutida, „West Ham United“ ga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi.
Lion
2021-yilning 23-avgustida Fransiyaning „Lion“ klubi Shaqirining transferini eʼlon qildi, „Liverpul“ bu transferdan 6 million yevro ishlab oldi va 2024-yilgacha shartnoma imzolandi.
Chicago Fire FC
2022-yilning 9-fevralida Shaqiri „Chicago Fire“ klubiga qoʻshildi. Uning transferi Chicago Fire tarixidagi eng qimmat transfer boʻldi (7,5 million dollar).
Terma jamoadagi faoliyat
Shaqiri 2009-yilning 11-noyabrida 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda (3:1) Shveysariya terma jamoasida debyut qilgan. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 11-iyunida 2011-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatining ochilish oʻyinida Daniyaga qarshi oʻyinda urdi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | League | National Cup | League Cup | Continental | Boshqa | Umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Chempionat | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Basel II | 2007-08 | Swiss 1. Liga | 2 | 0 | — | — | — | — | 2 | 0 | ||||
| 2008-09 | Swiss 1. Liga | 17 | 8 | — | — | — | — | 17 | 8 | |||||
| Jami | 19 | 8 | — | — | — | — | 19 | 8 | ||||||
| Basel | 2009-10 | Swiss Super League | 32 | 4 | 5 | 1 | — | 10 | 2 | — | 47 | 7 | ||
| 2010-11 | Swiss Super League | 29 | 5 | 2 | 0 | — | 11 | 2 | — | 42 | 7 | |||
| 2011-12 | Swiss Super League | 31 | 9 | 4 | 0 | — | 6 | 0 | — | 41 | 9 | |||
| Total | 92 | 18 | 11 | 1 | — | 27 | 4 | — | 130 | 23 | ||||
| Bayern Munich | 2012-13 | Bundesliga | 26 | 4 | 5 | 3 | — | 7 | 1 | 1 | 0 | 39 | 8 | |
| 2013-14 | Bundesliga | 17 | 6 | 3 | 1 | — | 4 | 0 | 3 | 0 | 27 | 7 | ||
| 2014-15 | Bundesliga | 9 | 1 | 1 | 0 | — | 4 | 1 | 1 | 0 | 15 | 2 | ||
| Jami | 52 | 11 | 9 | 4 | — | 15 | 2 | 5 | 0 | 81 | 17 | |||
| Inter Milan | 2014-15 | Serie A | 15 | 1 | 2 | 1 | — | 3 | 1 | — | 20 | 3 | ||
| Stoke City | 2015-16 | Premier League | 27 | 3 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | — | 32 | 3 | ||
| 2016-17 | Premier League | 21 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 22 | 4 | |||
| 2017-18 | Premier League | 36 | 8 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 38 | 8 | |||
| Jami | 84 | 15 | 3 | 0 | 5 | 0 | — | — | 92 | 15 | ||||
| Liverpool | 2018-19 | Premier League | 24 | 6 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 30 | 6 | |
| 2019-20 | Premier League | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 11 | 1 | |
| 2020-21 | Premier League | 14 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 5 | 0 | 0 | 0 | 22 | 1 | |
| Jami | 45 | 7 | 3 | 0 | 2 | 1 | 10 | 0 | 3 | 0 | 63 | 8 | ||
| Lyon | 2021-22 | Ligue 1 | 11 | 2 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | — | 16 | 2 | ||
| Chicago Fire | 2022 | Major League Soccer | 20 | 4 | — | 0 | 0 | — | — | 20 | 4 | |||
| Faoliyatidagi umumiy natija | 338 | 66 | 28 | 6 | 7 | 1 | 60 | 7 | 8 | 0 | 441 | 80 | ||
Terma jamoadagi faoliyat
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Shveysariya | 2010-yil | 9 | 1 |
| 2011-yil | 8 | 3 | |
| 2012-yil | 7 | 3 | |
| 2013-yil | 6 | 1 | |
| 2014-yil | 12 | 7 | |
| 2015-yil | 9 | 2 | |
| 2016-yil | 8 | 1 | |
| 2017-yil | 9 | 2 | |
| 2018 | 12 | 2 | |
| 2019 | 2 | 0 | |
| 2020 | 4 | 0 | |
| 2021-yil | 14 | 4 | |
| 2022 | 6 | 0 | |
| Jami | 106 | 26 | |
Yutuqlar
Basel
- Shveysariya Superligasi: 2009-10, 2010-11, 2011-12
- Shveysariya kubogi: 2009-10, 2011-12
Bavariya
- Bundesliga: 2012-13, 2013-14, 2014-15
- DFB-Pokal: 2012-13, 2013-14
- DFL-Superkubogi: 2012
- UEFA Chempionlar ligasi: 2012-13
- UEFA Superkubogi: 2013
- FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2013
Liverpul
- Premer liga: 2019-20
- UEFA Chempionlar ligasi: 2018-19
- UEFA Superkubogi: 2019
- FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2019
- FA Community Shield 2-oʻrin sohibi: 2019
Shveysariya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2011
Shaxsiy sovrinlar
- Shveysariyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011, 2012
- Shveysariya Golden Player mukofoti "SFAP Golden Player": 2012
- Shveysariya Golden Player mukofoti "Eng yaxshi yosh futbolchi": 2012
- UEFA Yevropa chempionati turniring eng chiroyli goli: 2016
- UEFA Millatlar ligasi finali turniri ramziy jamoasi: 2019
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, xherdan shaqiri haqida ma’lumot. xherdan shaqiri nima? xherdan shaqiri nimani anglatadi?
