Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kichik juz — 16-asrdan 19-asr o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan uch yirik qabilaviy birlashmadan iborat (Boyuli, Alimuli va Jetiuru) qozoq xonligi.

Kichik juz

Kichik juz — 16-asrdan 19-asr o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan uch yirik qabilaviy birlashmadan iborat (Boyuli, Alimuli va Jetiuru) qozoq xonligi.

Boyuli birlashmasini Nurali sulton (1748—1786), Alimuli birlashmasini Abulxayrxon (18-asrning 20-yillari — 1748), Jetiuruni esa Tavkaxon boshqargan. Kichik Juz hududi Ural va Tobol daryolaridan Sirdaryoning quyi oqimlariga qadar cho‘zilgan. Sharqda O‘rta Osiyo davlatlari va Qozog‘istonning qoraqalpoq yerlari, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda esa Astraxon, Saratov va Orenburg guberniyalari bilan chegaralangan. Abulxayrxon o‘ldirilgach, Kichik Juz uning o‘g‘illari Nurali va Botir tomonidan boshqarilgan. Hududda vaqti-vaqti bilan turli xonliklar va urug‘lar birlashmasidan tashkil topgan bir nechta xonliklar mavjud bo‘lgan. 1785-yildan boshlab Kichik Juz yana uch xonlikka bo‘lingan. Ularni Erali (1790—1794), Eshim (1795—1797) va Abulxayrxonning o‘g‘li Ayshuvoq sulton (1798—1805) boshqargan. Keyingi xon Jonto‘ra 1824-yilda vafot etgach, Kichik Juz tugatilgan.

Kichik Juz hududlarida qoramollarga yil davomida yem-xashak bilan ta’minlash mumkin bo‘lgan qishloq va yaylovlar mavjud bo‘lgan. Qishki yaylovlar Sirdaryo va Ural daryolari etagida, Irg‘iz va To‘rg‘ay daryolarining quyi oqimlarida, Som va Barsuq cho‘llarida joylashgan, yozgi yaylovlar esa Ural daryosining irmoqlari bo‘yicha Tobol qirlarida hamda Mug‘ojar tog‘larida bo‘lgan.

Kichik Juz qabilalari dushman hujumiga qarshi birga kurashgan va harbiy yurishlarga ham birga chiqishgan. 19-asr o‘rtalarida Kichik Juz aholisi taxminan 1 millionni tashkil qilgan. 1844-yilgi “Orenburg o‘lkasi qirg‘izlarini boshqaruv bo‘yicha nizom”ga binoan, Kichik Juz yerlari Rossiya imperiyasi hududiga qo‘shilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kichik juz haqida ma’lumot. kichik juz nima? kichik juz nimani anglatadi?

Yuqori