Sher haykali — Hamadon shahrining yodgorliklaridan biri toshdan oʻyilgan sher haykalidir. Sher haykali joylashgan tepalik ham tarixiy tepalik hisoblanadi. Chunki u yerdan Arshakiylar davriga oid tobut topilgan. Haykal aslida ikkita boʻlgan va Hamadon shahri darvozasining ikki tarafida turgan. Eronga islom dinini yoyish uchun kelgan arablar uni „Bob ul-asad“ (Sher darvozasi) deb ataganlar. Murodvich Deylamiy ularni Ray shahriga olib ketmoqchi boʻladi. Lekin natijada bir sherning panjasi sinadi, ikkinchi sher esa butunlay sinib ketadi. Singan sher haykali 1949-yilgacha singan holida yerda yotgan. Oʻsha yilda Ibn Sino maqbarasining arxitekturasi Muhandis Sayhon tomonidan hozirgi joyga oʻrnatildi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sher haykali haqida ma’lumot. sher haykali nima? sher haykali nimani anglatadi?