Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiy

Oʻtkir Hoshimov

Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi (1991).

Oʻtkir Hoshimov
Tavalludi 5-avgust 1941-yil
Toshkent shahri, Do'mbirobod mahallasi
Vafoti 24-may 2013-yil(2013-05-24)
(71 yoshda)
Toshkent shahri
Ijod qilgan tillari o'zbek
Fuqaroligi SSSR va O'zbekiston
Alma mater Toshkent davlat universiteti
Janr Nasr
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Turmush oʻrtogʻi Oʻlmasxon Hoshimova

Hayoti

Oʻtkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Do'mbirobod mahallasida tugʻilgan.

Asarlari

Pyesalar

  • „Toʻylar muborak“
  • „Sizdan ugina, bizdan bugina“
  • „Vijdon dorisi“
  • „Inson sadoqati“
  • „Qatagʻon“

Ocherklar

  • „Po‘lat chavandozlar“ (toʻplam. 1962-yil)

Qissalar

  • „Cho‘l havosi“ (1964-yil)
  • „Bahor qaytmaydi“ (1970-yil)
  • „Qalbingga quloq sol“ (1973-yil)
  • „Ikki karra ikki-besh“ (1987-yil)
  • "Dunyoning ishlari"

Hikoyalar

  • „Urushning soʻnggi qurboni“
  • „Yanga“
  • „Muhabbat“
  • „Dehqonning bir kuni“
  • „Umr savdosi“
  • „Quyosh tarozisi“
  • „Oq bulut, oppoq bulut“

Romanlar

  • „Nur borki, soya bor“ (1976-yil),
  • „Ikki eshik orasi“ (1985-yil),
  • „Tushda kechgan umrlar“ (1993-yil)

Ssenariylar

  • „Xazon boʻlgan bahor“
  • „Inson sadoqati“ (1975-yil)
  • „Vijdon dorisi“
  • „Toʻylar muborak“ (1979-yil)
  • „Qatagʻon“

Oʻtkir Hoshimovning 40 yil davomida yozilgan „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ nomli hikmatlar toʻplami 2001-yilda chop etilgan.

Ekranlashtirish

Oʻtkir hoshimovning „Bahor qaytmaydi“ qissasi asosida 1972-yilda shu nomli film suratga olingan.

Mukofotlari

„Ikki eshik orasi“ romani uchun 1986-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1997-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.

Ernest Hemingway, Konstantin Simonov, Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Tanqidlar

1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼonning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop ettirgan. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼon tarjimasini chop etilishini toʻxtatishga urinishgan[manba kerak].

Vafoti

Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida vafot etgan. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin dafn etilgan.

Xotirasi

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi bilan 2021-yilda Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi nishonlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻtkir hoshimov haqida ma’lumot. oʻtkir hoshimov nima? oʻtkir hoshimov nimani anglatadi?

Yuqori