Roshidun xalifaligi (arabcha: ٱلْخِلَافَةُ ٱلرَّاشِدَةُ) – islom paygʻambari Muhammaddan keyin hukmronlik qilgan birinchi xalifalik. 632-yilda Muhammadning vafotidan keyin dastlabki 4 xalifalar tomonidan boshqarilgan. Xalifalik oʻz davrida Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy-sharqiy Afrikadagi eng qudratli iqtisodiy, madaniy va harbiy kuchga ega boʻlgan.
Roshidun xalifaligi arabcha: ٱلْخِلَافَةُ ٱلرَّاشِدَةُ | |||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 632–661 | |||||||||||||||
![]() Xalifa Usmon davrida Roshidun xalifaligi eng katta hududni egallagan (tax. 654) | |||||||||||||||
| Poytaxt | Madina (632–656) Kufa (656–661) | ||||||||||||||
| Rasmiy til(lar) | arab tili | ||||||||||||||
| Boshqa tillar | Turli mintaqaviy tillar | ||||||||||||||
| Din | Islom | ||||||||||||||
| Hukumat | Xalifalik | ||||||||||||||
| Xalifa | |||||||||||||||
• 632–634 | Abu Bakr (birinchi xalifa) | ||||||||||||||
• 634–644 | Umar | ||||||||||||||
• 644–656 | Usmon | ||||||||||||||
• 656–661 | Ali (oxirgi xalifa) | ||||||||||||||
| Tarix | |||||||||||||||
| 632 | |||||||||||||||
• Eronning bosib olinishi | 632 | ||||||||||||||
• Umarning tayinlanishi | 634 | ||||||||||||||
• Umarning oʻldirilishi va Usmonning tayinlanishi | 644 | ||||||||||||||
• Usmonning oʻldirilishi va Alining tayinlanishi | 656 | ||||||||||||||
• Alining oʻldirilishi | 661 | ||||||||||||||
• Birinchi fitna (ichki mojaro) Hasanning taxtdan voz kechishi bilan tugaydi | 661 661 | ||||||||||||||
| Pul birligi | dirham | ||||||||||||||
| |||||||||||||||
Xalifalik 632-yil iyun oyida Muhammadning vafotidan keyin unga merosxoʻr boʻlish haqidagi munozaralardan soʻng paydo boʻldi. Muhammadning yaqin hamrohi, Banu Taym qabilasidan boʻlgan Abu Bakr Madinada birinchi xalifa etib saylandi va Arabiston yarim orolini zabt etishga kirishdi. Uning qisqa hukmronligi 634-yil avgust oyi, yaʼni vafotiga qadar davom etdi. Abu Bakrning oʻlimidan keyin Banu Adiy urugʻidan boʻlgan Umar 2-xalifa etib tayinlandi. Xalifa Umar davrida xalifalik hududi misli koʻrilmagan darajada kengayib, Vizantiya imperiyasining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini va deyarli butun Sosoniylar imperiyasini boshqardi. Umar 644-yilning noyabrida oʻldirildi va uning oʻrnini Banu Umayya urugʻidan boʻlgan Usmon egalladi. Usmon xalifalikka Umar tomonidan tuzilgan 6 kishilik qoʻmita tomonidan saylandi. Uning boshchiligida xalifalik 651-yilda Eronni zabt etdi va Vizantiya hududlariga qadar yurishlarini davom ettirdi. Xalifa Usmonning hukmronligi davrida xalifalikda turli qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Usmon 656-yilning iyun oyida oʻldirildi.
Keyinchalik, Banu Hoshim urugʻidan boʻlgan Ali xalifa Usmonning oʻrnini egalladi va xalifalik poytaxtini Kufaga koʻchirdi. U Birinchi fitna deb nomlangan fuqarolar urushiga rahbarlik qilgan, chunki Alidan oldingi xalifa Usmonning qarindoshi va Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyon (h. 661–680) Usmonning qotillarini zudlik bilan jazolash harakatida edi. Bundan tashqari, Xorijiylar nomi bilan mashhur Alining sobiq tarafdorlari boʻlgan uchinchi guruh Siffin jangida nizolarni hal qiluvchi hakamlar qarorini qabul qilishdan bosh tortgach, Ali va Muoviyaga qarshi isyon koʻtargan. Urush natijasida Roshidun xalifaligini agʻdarilib, 661-yilda Muoviya I tomonidan Umaviylar xalifaligi barpo etilgan. Fuqarolar urushi sunniy va shia musulmonlari oʻrtasidagi tafovutni yanada kuchaytirdi. Shia musulmonlari Alini Muhammaddan keyingi birinchi haqli xalifa va imom deb hisoblaydi va uning Muhammad bilan qondoshlik aloqasini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Roshidun xalifaligi 25 yillik tezkor harbiy yurishlar va 5 yillik ichki nizolar davri bilan tavsiflanadi. Roshidun armiyasi oʻzining eng kuchli davrida 100 000 nafardan ortiq askarni tashkil etgan. 650-yillarga kelib, Arabiston yarim orolidan tashqari xalifalik shimolda Levant va Kavkazortini oʻziga boʻysundirdi, Shimoliy Afrika Misrdan gʻarbda hozirgi Tunisgacha, sharqda Oʻrta Osiyo va Janubiy Osiyoning bir qismi boʻlgan Eron togʻligigacha boʻysundirildi. Toʻrt nafar Roshidun xalifalarining har biri shūrā (arabcha: شُورَى; soʻzma-soʻz tarjimasi — „maslahat“) – Paygʻambarning yuqori martabali va taniqli sahobalaridan iborat kichik saylov qoʻmitasi tomonidan saylangan.
Etimologiyasi
Arabcha rāshidūn soʻzi (birlik: راشد) „toʻgʻri yoʻldagi“ degan maʼnoni anglatadi. Bu toʻrt xalifaning hukmronligi sunniy islomda „toʻgʻri yoʻl-yoʻriqli“, yaʼni diniy nuqtai nazardan ularga ergashish va amal qilish uchun namuna (sunnah) hisoblaniladi. Biroq shia musulmonlari dastlabki uch xalifaga nisbatan ushbu atamani qoʻllashmaydi, chunki ularning boshqaruvini noqonuniy deya hisoblashadi.
Kelib-chiqishi
632-yilda (hijriy 11) Muhammadning vafotidan soʻng, madinalik sahobalar Muhammadning xonadoni uni dafn etish bilan band boʻlgan bir vaqtda musulmonlarni boshqarishda uning oʻrniga kim oʻrinbosar boʻlishi kerakligi borasida bahs olib bordilar. Umar va Abu Ubayda ibn al-Jarroh Abu Bakrga sodiqlik qasamini ichdilar va tez orada ularga ansorlar va Quraysh ham ergashdi. Abu Bakr Xalifat Rasululloh (خَلِيفةُ رَسُولِ اللهِ; Rasulullohning vorisi) unvonini oldi. Abu Bakr xalifa etib tayinlanganidan keyin islomni targʻib qilish uchun yurishlarini boshlab yubordi. Xalifa avval Muhammadga bay’at qilib, Islomni qabul qilgan, biroq Abu Bakrning oldida hech qanday mas’uliyatga ega emasligini daʼvo qilgan arab qabilalarini boʻysundirishi kerak edi. Abu Bakr xalifa sifatida hukmdor boʻlmagan va hech qachon bu unvonga daʼvo qilmagan. Xuddi shunday, undan keyingi uchala xalifa ham hech qachon bu unvonga daʼvo qilishmagan. Ularning xalifalikni meros qilib olishmagan, balki halollik va donolik singari shaxsiy sifatlari bilan xalifalikka tayinlangan.
Sunniylar toʻrt Roshidun xalifasi ham Muhammad bilan nikoh orqali qarindoshlik rishtalarini bogʻlagan, islom dinini erta qabul qilgan, jannatga aniq vaʼda qilingan oʻn kishining orasida boʻlgan, har doim Muhammadni qoʻllab-quvvatlagan, shu sababli Muhammad tomonidan doim yuqori maqtovga sazovor boʻlgan va yangi paydo boʻlgan musulmon jamoasida yetakchi rollar ishonib topshirilgan deb hisoblaydi. Bu xalifalar sunniy islomda umumiy maʼnoda Roshidunlar yoki „Toʻgʻri yoʻl-yoʻriqli“ xalifalar (الْخُلَفاءُ الرّاشِدُونَ, al-Khulafāʾ ar-Rāšidūn) nomi bilan mashhur. Sunniylik mazhabiga eʼtiqod qiluvchi musulmonlari tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Roshidun xalifaligi atamasi Muhammadning mashhurhadisidan olingan boʻlib, hadisda undan keyingi xalifalik 30 yil davom etishi, soʻngra boshqa bir hukmron hokimiyatiga (Umaviylar xalifaligi boshqaruvi avlodda-avlodga oʻtgan) ergashishi bashorat qilingan. Qolaversa, Sunani Abu Dovud va Musnad Ahmad ibn Hanbal tomonidan keltirilgan boshqa hadislarga koʻra, oxirzamonga kelib, toʻgʻri yoʻl-yoʻriqli xalifalik yana bir bor Alloh tomonidan tiklanadi. Zaydiy shia musulmonlari dastlabki uch xalifaning hukmronligini haqqoniy emas deb hisoblaydilar.
Tarixi
Abu Bakr hukmronligi (632–634)
Xalifalikka tayinlanishi
632-yilning iyun oyida paygʻambar Muhammad vafot etgach, madinalikansorlar (soʻzma-soʻz tarjimasi — „yordamchilar“) Banu Saida qabilasi Saqifasida (hovlisi) yigʻilish oʻtkazishdi. Oʻsha paytda bu yigʻilishdan maqsad muhojirlarni (Makkadan kelgan muhojirlar) qasddan chetlab oʻtgan holda, ansorlar musulmonlar jamoasi uchun oʻzaro yangi rahbar tayinlash edi.
Shunga qaramay, Muhammadning koʻzga koʻringan sahobalari Abu Bakr va Umar bu uchrashuvdan xabar topib, ehtimoliy toʻntarishdan xavotirga tushishdi va yigʻilishda ishtirok etish uchun shoshilishdi. Abu Bakr yigʻilganlarga murojaat qilib, Muhammadning oʻz qabilasi yaʼni Qurayshdan boshqa har qanday qabiladan boʻlgan insonni rahbar sifatida tayinlashga urinish ixtilofga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shundan keyin Umar va Abu Ubayda ibn al-Jarrohning qoʻllaridan tutib, ularni ansorlarga rahbarlik uchun nomzod sifatida koʻrsatdi. Ularga Quraysh va ansorlar oʻzlaridan bir rahbar tanlab olib, birgalikda kelishgan holda rahbarlik qilishini taklif qildi. Bu taklifni eshitgan ansorlar oʻrtasida qizgʻin bahs boshlanib ketdi. Shu payt Umar shosha-pisha Abu Bakrning qoʻlidan tutdi va unga bay’at qildi. Buni koʻrgan qolganlar ham Abu Bakrga ergashishdi.
Roshidun xalifalari roʻyxati
| Hukmronlik davri | Xalifa | Kalligrafiya | Muhammad bilan aloqasi | Ota-onasi | Qabila | Muhim voqealar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 632-yil 8-iyun – 634-yil 22-avgust | Abu Bakr (أبو بكر) al-Siddiq |
|
| Banu Taym |
| |
| 634-yil 23-avgust – 644-yil 3-noyabr | Umar (عمر) al-Faruq |
|
| Banu Adiy |
| |
| 644-yil 11-noyabr – 656-yil 20-iyun | Usmon (عثمان) al-Gʻani |
|
| Banu Umayya |
| |
| 656-yil 20-iyun – 661-yil 29-yanvar | Ali (علي) al-Haydar |
|
| Banu Hoshim |
|
Yana qarang
- Islom oltin davri
- Ashari mubashshara
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, roshidun xalifaligi haqida ma’lumot. roshidun xalifaligi nima? roshidun xalifaligi nimani anglatadi?
