Qirgʻoq chizigʻi - okean, dengiz, koʻllarning yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashib turgan chiziq. Suv havzasi bilan quruqlik chegarasi hisoblanadi. Suv havzalarining sathi balandligi suv qalqishi, shamol, oqim, toʻlqinlar va havo bosimiga bogʻliq ravishda oʻzgarib turadi. Shu sababli, suvning koʻp yillik oʻrtacha sathiga qarab Qirgʻoq chizigʻi shartli ravishda oʻtkaziladi. Daryolarda Qirgʻoq chizigʻi doimiy boʻlmay, tez-tez oʻzgaradi. Qadimiy Qirgʻoq chizigʻini oʻrganish orqali sohil, umuman, suv havzasining rivojlanish tarixi aniqlanadi va yer poʻsti vertikal harakatlari qanday surʼatlar bilan kechgani haqida xulosa qilish mumkin boʻladi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qirgʻoq chizigʻi haqida ma’lumot. qirgʻoq chizigʻi nima? qirgʻoq chizigʻi nimani anglatadi?