Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Quyosh shamoli — quyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida quyosh shamoli quyosh tojining tashqi qatlamlaridan yuqori energ

Quyosh shamoli

Quyosh shamoli — quyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida quyosh shamoli quyosh tojining tashqi qatlamlaridan yuqori energiyali zarralar — proton va elektronlar — sochilib turishidir.

Quyosh shamoli ta'sirida yerning magnit maydonining o'zgarishi

Terminni birinchi boʻlib amerikalik fizik Ye.Parker kiritgan (1958).

Quyosh tojining doimo 1,5—2 mln. K gacha qizishi nurlanish orqali sarflanayotgan energiya bilan muvozanatda boʻlmaydi. Qoldiq energiyani quyosh shamoli olib ketadi.

Quyosh shamoli plazmasi quyosh tojidagi singari asosan proton, elektron va geliy atomlari yadrolaridan iborat. Zarralar zichligi 1m³ da taxminan 6 mln.ga yetadi va ularning oʻrtacha tezligi 400 km/sek. Quyosh shamoli moddasi quyosh magnit maydonlarini oʻzi bilan olib ketadi. Quyosh shamoli fazoda yer magnit maydonini cheklaydi va yer orbitasi yaqinidagi orbitada ? erstedni tashkil etadi. Quyosh shamoliga oʻxshash moddalarning oqib chiqishi baʼzi yulduzlarda ham kuzatiladi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, quyosh shamoli haqida ma’lumot. quyosh shamoli nima? quyosh shamoli nimani anglatadi?

Yuqori