Qadr surasi (arabcha: سورة القدر, nomining maʼnosi – Qadrli (kecha)) – Qurʼonning 97-surasi. Makkiy suralardan biri, 5 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 598-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 25-boʻlib nozil boʻlgan.
| Qadr surasi — سورة القدر | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Qadrli (kecha) | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 598 | ||||||||||||
| Juz | 30 | ||||||||||||
| Sura raqami | 97 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 5 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 1 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 25 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Etimologiyasi
„Qadr“ soʻzining turlicha maʼnolari bor. Jumladan, qadr-qimmat, oʻlchov, miqdor. Bu yerda ularning har biri toʻgʻri kelaveradi. Zero, bu kechaning qadr-qimmati ming oydan ulugʻligi va bu kechada bir yillik ishlar oʻlchanib, rejalashtirilishi bunga dalil boʻla oladi.
Asl matni
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)
1. Albatta, Biz u (Qurʼon)ni Qadr kechasida nozil qildik.إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ
2. (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!وَمَا أَدْرَاكَ مَا لَيْلَةُ الْقَدْرِ
3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. — Bu kecha Ramazon oyining 27-kechasi ekaniga dalolat qiladigan hadis va rivoyatlar koʻp.لَيْلَةُ الْقَدْرِ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ
4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ مِنْ كُلِّ أَمْرٍ
5. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.سَلَامٌ هِيَ حَتَّى مَطْلَعِ الْفَجْرِ
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qadr surasi haqida ma’lumot. qadr surasi nima? qadr surasi nimani anglatadi?
