Ernst Thälmann (talaffuzi: Ernst Telmann; 1886-yil 16-aprel — 1944-yil 18-avgust) — nemis va xalqaro ishchilar harakatining arbobi. Weimar Respublikasi davrida Olmoniya Kommunist Partiyasi (KPD) rahbari boʻlgan. U Gestapo tomonidan 1933-yili hibsga olinib, oʻn bir yil davomida qamoqda saqlangan. 1944-yili Adolf Hitler buyrugʻiga binoan Buchenwald konsentratsion lagerida otib oʻldirilgan.
| Ernst Thälmann | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 16-aprel 1886-yil Hamburg, Olmoniya |
| Vafoti | 18-avgust 1944-yil (58 yoshda) Buxenvald, Olmoniya |
| Fuqaroligi | Germaniya imperiyasi, Veymar Respublikasi, Uchinchi reyx va Deutsches Reich |
Thälmann dunyo kommunistlari orasida sharaflangan, jumladan SSRI davrida Toshkentdagi xiyobonlardan biri uning nomi bilan atalardi.
Adabiyotlar
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ernst telman haqida ma’lumot. ernst telman nima? ernst telman nimani anglatadi?
