Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jinsiy zoʻravonlik – bu ochiq-oydin yoki yashirin shahvoniy gʻoyalarni oʻzining ichiga olgan zoʻravonlikning bir turi boʻlib, jinsiy manfaatlar evaziga shaxsnin

Jinsiy zoʻravonlik

Jinsiy zoʻravonlik – bu ochiq-oydin yoki yashirin shahvoniy gʻoyalarni oʻzining ichiga olgan zoʻravonlikning bir turi boʻlib, jinsiy manfaatlar evaziga shaxsning oʻzi istalmagan va nomaqbul harakatlarni qilishga majburlash holatidir. Jinsiy zoʻravonlik ogʻzaki harakatlardan tortib jinsiy tajovuzgacha boʻlgan barcha harakatlarni oʻz ichiga oladi. Taʼqib qilish turli xil ijtimoiy muhitda, masalan, ish joyi, uy, maktab va boshqa hududlarda sodir boʻlishi mumkin. Taʼqib qiluvchilar yoki taʼqib qurbonlari har qanday jins vakillari boʻlishi mumkin.

Erkak ayolga qoʻlini soniga qoʻyib, ayolga istamagan jinsiy aloqani amalga oshirayotganining tasviri

Bugungi huquqiy kontekstda jinsiy zoʻravonlik noqonuniy hisoblanadi. Jinsiy zoʻravonlikka oid qonunlar, odatda, oddiy gaplar gʻiybat, ogʻzaki izohlar yoki alohida kichik hodisalarni taʼqiqlamaydi – buning sababi „umumiy xulq-atvor kodeksi“ mavjud emasligidadir. Ish joyida taʼqib qilish holati agar u tez-tez, davomli va ogʻir holatda yuz bergan boʻlsa va natija ish bilan bogʻliq salbiy qaror qabul qilishga olib kelsa (masalan, ishdan boʻshatish yoki isteʼfoga chiqarish) yoki dushmanlik va haqoratli ish muhitini yaratsa noqonuniy boʻlishi mumkin. Biroq, jinsiy zoʻravonlikning huquqiy va ijtimoiy tushunchasi turli madaniyatlarda bir-biridan farq qiladi. Rossiya qonunchiligida „jinsiy zoʻravonlik“ degan taʼrif mavjud emas. Ushbu konsepsiyaga eng yaqin boʻlgan qonun „jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oshirishga majburlash“ haqidagisi boʻlib, bu Rossiya jinoyat qonunchiligida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 133-moddasida belgilab qoʻyilgan.

Yaponiya Okinava monoray stansiyasidagi ogohlantirish. Belgida shunday deyilgan: „oʻrash jinoyatdir“.

.Baʼzi mamlakatlarda koʻchadagi jinsiy zoʻravonlik, jinsiy haqorat qilish va jinsga asoslangan kamsituvchi izohlar qonun bilan jazolanadi (masalan, Filippinda xavfsiz joylar toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatiladi. Fransiyada esa maʼmuriy jarimalar belgilanadi).

Ish joyida taʼqib qilish juda tez-tez takrorlansa yoki ogʻir boʻlsa, u dushmanlik va haqoratli ish muhitini yaratsa, yoki ish bilan bogʻliq salbiy qarorlarga olib kelgan holatlarda (masalan, taʼqib qurbonini ishdan boʻshatish yoki lavozimini pasaytirish hamda jabrlanuvchini shunday qaror qabul qilishga yaʼni shu sababga koʻra ishini tark etishiga majburlaganda) noqonuniy boʻlishi mumkin. Zoʻravonlik qiluvchi jabrlanuvchining rahbari, xodimi yoki mijozi boʻlishi mumkin. Ish joyidagi jinsiy zoʻravonlik (nopok va qoʻpol soʻzlar, shuningdek, jismoniy tajovuz koʻrinishida) har doim ham nafs bilan emas, balki hokimiyatga boʻlgan nafsni qondirish uchun ham qilinishi mumkin.

Etimologiyasi va tarixi

Jinsiy zoʻravonlikning zamonaviy huquqiy tushunchasi garchi koʻplab madaniyatlarda avvaldan mavjud boʻlsa ham birinchi marta 1970-yillarda ishlab chiqilgan.

„Jinsiy zoʻravonlik“ atamasi

Huquqiy faol Catharine MacKinnon 1979-yilda "Sexual Harassment of Working Women (Mehnatkash ayollarning jinsiy zoʻravonligi)" nomli kitobi bilan Qoʻshma Shtatlarda jinsiy zoʻravonlik bilan bogʻliq qonunlarni yaratgan. Catharine 1973-yilda yozilgan PhD Mary Rowening "Saturnʼs Rings (Saturn halqalari)" deb nomlangan diskriminatsiya haqidagi hisobotida qoʻllangan atamani ishlatgan. Oʻsha paytda Rowe Massachusets Texnologiya Institutida (MTI) Prezidentning maxsus yordamchisi hamda ayollar va ishlar boʻyicha kansler edi. Uning MTI dagi saʼy-harakatlari tufayli universitet AQShda jinsiy zoʻravonlikni toʻxtatishga qaratilgan maxsus siyosat va tartiblarni ishlab chiqqan birinchi yirik tashkilotlardan biriga aylangan.

Rowening aytishicha, 1970-yillarning boshida Massachusetts shtatidagi ayollar guruhlarida ish joyida ayollarni taʼqib qilinish holati muhokama qilingan. Cornell universitetida instruktor Lin Farley munozara guruhidagi ayollar erkaklar tomonidan taʼqibga uchragani va qoʻrquvga duchor boʻlgani uchun ishdan boʻshatilgan yoki haydalganlik holatlari qayta-qayta yuz berganligini aniqladi. U va uning hamkasblari muammoni tasvirlash va 1975-yil may oyida „Speak Out“ ga qiziqish uygʻotish uchun „jinsiy zoʻravonlik“ atamasidan foydalanishgan. Keyinchalik u 1975-yilda Nyu-York shahar Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi oldida bergan koʻrsatmasida jinsiy zoʻravonlik nima ekanligini uzoq vaqt davomida tasvirlab bergan. Jurnalist Susan Brownmiller In Our Time: Memoir of a Revolution (Bizning zamonda: inqilob xotirasi) (1999) kitobida Corneldagi tazyiqlarga uchragan 44 yoshli yolgʻiz ona jamoat faoli Carmita Dickerson Wooddan yordam soʻraganidan keyin Cornel yadro fizikasi kafedrasi professoriga aylanganini yozgan. Farley bu haqida 1978-yilda McGraw-Hill tomonidan chop etilgan va 1980-yilda Warner Books tomonidan qogʻoz muqovali versiyada chop etilgan Sexual Shakedown: The Sexual Harassment of Women on the Job (Jinsiy silkinish: ish joyidagi ayollarning jinsiy taʼqibi) kitobida yozgan.

Ushbu faollar Lin Farley, Susan Meyer va Karen Sauvigne Jinsiy Majburlashga qarshi Alyans (1976-yilda Freada Klein, Lynn Wehrli va Elizabeth Kon-Stunts tomonidan asos solingan) bilan birga Ishchi ayollar birlashmasini tashkil qilishdi. Bu 1970-yillarning oxirida jinsiy zoʻravonlikni jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish uchun tashkil etilgan tashkilotlardan biri edi. 1964-yildagi Fuqarolik huquqlari toʻgʻrisidagi qonunning VII sarlavhasi ostida jinsiy kamsitish va taqiqlangan xatti-harakatlarga mos keladigan jinsiy zoʻravonlik konsepsiyasining birinchi huquqiy shakllaridan biri 1979-yilda Catharine MacKinnonning „Sexual Harassment of Working Women (Mehnat ayollarning jinsiy zoʻravonligi)“ nomli kitobida tilga olinadi.

Vaziyatlar

Jinsiy zoʻravonlik turli sharoitlarda va fabrikalar, maktablar, kollejlar, teatr va musiqa shou-biznesi kabi turli hududlarda sodir boʻlishi mumkin. Koʻpincha, jinoyatchi jabrlanuvchi ustidan ustunlikka (ijtimoiy, siyosiy, taʼlim yoki mehnat munosabatlaridagi, shuningdek yoshidagi farqlar tufayli) yoki hokimiyatga ega boʻladi.

Internet paydo boʻlishi bilan, ijtimoiy aloqalar, jumladan, jinsiy zoʻravonlik, koʻproq onlayn tarzda sodir boʻla boshladi, masalan, video oʻyinlarda yoki suhbat xonalarida shunday holatlar sodir boʻladi.

2014-yilgi PEW tadqiqot statistik maʼlumotlariga koʻra, 18 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan ayollarning 25 foizi va erkaklarning 13 foizi onlaynda jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlgan.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • Baker, Carrie. The Women's Movement Against Sexual Harassment. New York, NY: Cambridge University Press, 2008. ISBN 978-0-521704946. 
  • Bravo, Ellen. The 9 to 5 Guide to Combating Sexual Harassment. Milwaukee: 9to5 Working Women Education Fund, 1999. ISBN 978-0-9673398-0-1. 
  • Coburn, Jennifer. (1995). Take Back Your Power: A Working Woman's Response to Sexual Harassment. ism press. ISBN 978-0-910383-13-4ISBN 978-0-910383-13-4
  • Drawing the Line: Sexual Harassment on Campus. American Association of University Women. 2006.
  • Hostile Hallways: Bullying, Teasing, and Sexual Harassment in School. American Association of University Women. 2002.
  • Dromm, Keith (2012). Sexual Harassment: An Introduction to the Conceptual and Ethical Issues. Broadview Press. ISBN 978-1554810109ISBN 978-1554810109.
  • Friedman, Gabrielle S., and James Q. Whitman. "The European transformation of harassment law: discrimination versus dignity." Columbia Journal of European Law 9 (2002): 241+.
  • LaLonde, Jane; O'Shea, Tracy (1998). Sexual Harassment: A Practical Guide to the Law, Your Rights, and Your Options for Taking Action. St. Martin's Griffin. ISBN 978-0-312-19524-3ISBN 978-0-312-19524-3.
  • MacKinnon, Catharine A. (1979). Sexual Harassment of Working Women: A Case of Sex Discrimination. Yale University Press. ISBN 978-0-300-02299-5ISBN 978-0-300-02299-5.
  • Directions in Sexual Harassment Law MacKinnon: . New Haven, CT: Yale Univ. Press, 2004. ISBN 978-0-300-09800-6. 
  • McLaughlin, Heather; Uggen, Christopher; Blackstone, Amy (June 2017). "The economic and career effects of sexual harassment on working women". Gender & Society 31 (3): 333–358. doi:10.1177/0891243217704631. PMID 29056822. PMC 5644356. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5644356. 
  • Morewitz, Stephen J. (1996). Sexual Harassment and Social Change in American Society. Lanham, MD: Austin & Winfield, Publishers, University Press of America, Inc., Rowman & Littlefield Pub. Group. ISBN 978-1880921760
  • Ivory Power: Sexual Harassment on Campus Paludi: . Albany, NY: State University of New York Press, 1990. ISBN 978-0-7914-0457-7. 
  • Patai, Daphne. Heterophobia: Sexual Harassment and the Future of Feminism. Lanham: Rowman and Littlefield, 1999. ISBN 978-0-8476-8987-3ISBN 978-0-8476-8987-3.
  • Pina, Afroditi, and Theresa A. Gannon. "An overview of the literature on antecedents, perceptions and behavioural consequences of sexual harassment." Journal of Sexual Aggression 18.2 (2012): 209–232. online
  • Roberts, Barry S.; Mann, Richard A. "Sexual Harassment In The Workplace: A Primer" (Wayback Machine saytida 2021-02-25 sanasida arxivlangan) Archived 2021-02-25 at the Wayback Machine.
  • Saguy, Abigail C. (2003). What is Sexual Harassment: From Capitol Hill to the Sorbonne (Berkeley. University of California Press, 2003).
  • Uggen, Christopher; Powers, Ráchael A.; McLaughlin, Heather; Blackstone, Amy (2021). "Toward a Criminology of Sexual Harassment". Annual Review of Criminology. 4 (1): 33–51.
  • Wadham, John, et al. Blackstone's guide to the Equality Act 2010 (Oxford University Press, 2010) in UK; online.
  • Zippel, Kathrin S. The politics of sexual harassment: A comparative study of the United States, the European Union, and Germany (Cambridge University Press, 2006).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jinsiy zoʻravonlik haqida ma’lumot. jinsiy zoʻravonlik nima? jinsiy zoʻravonlik nimani anglatadi?

Yuqori